DETONATSIYA

DETONATSIYA (lot. detono — gumburlash) — 1) issiqlik ajralib chi-qishi bilan yuz beradigan kimyoviy oʻzgarishlarning modda yoki gazda tovush tezligidan kattaroq (doimiy) tezlikda tarqalishi. Portlovchi gazlar aralashmasi uchun Detonatsiya tezligi 100—3500 m/s, qattiq jism va suyuqliklar uchun 8000—9000 m/s. D. vaqtida kimyoviy oʻzgarishlar zarba toʻlqini hosil qilib yuz beradi, natijada modda qisiladi va qiziydi; katta tezliqsagi kimyoviy oʻzgarish natijasida koʻp miqdorda issiqlik ajraladi, gaz hosil boʻladi, natijada bosim koʻtarilib portlash roʻy beradi. Mas, Detonatsiya vaqtida boshlangʻich zichligi 1600 kg/m boʻlgan trotilning bosimi 200 ming atm. ga yetadi. Qisilgan mahsulotlar Detonatsiya vaqtida portlaydi;

2) ichki yonuv dvigateli silindrida yonilgʻining juda tez va notoʻgʻri (chala) yonishi tufayli yuz beradigan hodisa. Dvigatel bir meʼyorda ishlaganda alanga 10—20 m/s tezlikda tarqaladi, Detonatsiya paytida esa uning tezligi 1500—2500 m/s ga yetishi mumkin. Detonatsiya tufayli dvigatel notekis ishlaydi, silindrlarda taqillash paydo boʻladi, yonilgʻi chala yonadi, halqalar, porshen va klapanlar kuyishi mumkin, tovush soʻndirgich (glushitel) dan qoramtir tutun chiqadi, dvigatelning quvvati pasayadi. Yonilgʻining sifatsizligi, karbyuratorning yaxshi sozlanmaganligy, yonilgʻi nasosining bir meʼyorda ishlamasligi Detonatsiyaga sabab boʻlishi mumkin. Detonatsiya oktan soniga, benzinning xiliga koʻp jihatdan bogʻliq. Detonatsiya atrof muhitning ifloslanishiga ham olib keladi. Detonatsiyani bartaraf qilish uchun yuqorida aytilgan kamchiliklarni tuzatish lozim. Texnikada Detonatsiyaga qarshi choralar koʻriladi; yonilgʻilarga antidetonatorlar (mas, tetroetil qoʻrgʻoshin) qoʻshiladi. Sunʼiy olmos, bor nitridi va b. oʻta qattiq moddalar olishda, oʻta yuqori (bir necha oʻn va yuz GPa) bosim hosil qilishda, portlatish ishlarida Detonatsiyadan foydalaniladi.


Lotin alifbosida maqola: DETONATSIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
ICHKI YONUV DVIGATELI
PORTLASH
AVIATSIYA DVIGATELI
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты