DETROYT

DETROYT — AQSHdagi shahar, Michigan shtatida. Detroyt daryosi boʻyida, Guron va Eri koʻllari oraligʻida joylashgan. Aholisi 951,2 ming kishi (2000; shahar atrofi bilan 4,6 mln. kishi). Detroytga 1701-y. da fransuzlar asos solgan. 1760-y. da inglizlar bosib olgan. 18-a. oxiridan AQSH tarkibida. 1802-y. da shahar statusini olgan. Mamlakatning muhim transport yoʻllari tuguni va yirik moliya markazi. Buyuk koʻllar sohilidagi port. Avtomobilsozlikning dunyodagi eng yirik markazlaridan («Jeneral motore», «Kraysler», «Ford» korxonalarining boshqaruv organlari, asosiy korxonalari va ilmiy tashkilotlari shu yerda). Sanoatining boshqa tarmoklari ham avtomobilsozlik bilan bogʻlangan: qora metallurgiya, metallsozlik, kimyo, stanok-jihozlar i. ch., rezina, oyna-shisha. Kemasozlik, neftni qayta ishlash, oziq-ovqat, harbiy sanoat korxonalari mavjud. Un-tlar, muzeylar, sanʼat in-ti va b. bor.


Lotin alifbosida maqola: DETROYT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
BUYUK BRITANIYA
FRANSIYA
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты