DEFIBRER

DEFIBRER (frans. defi breur — tolani maydalash) — yogʻoch massasi yoki sellyuloza olish uchun dumaloq yoki yorilgan yogʻochni (uz. 1—3 m, diametri 8—24 sm) aylanib turgan jilvir tosh yordamida qirib yogʻoch massasi olish uchun moʻljallangan mashina. Davriy ishlaydigan va uzluksiz ishlaydigan xillari boʻladi. Davriy ishlaydigani gidravlik, magazinli; uzluksiz ishlaydigani vintli, zanjirli va halqali turlarga boʻlinadi. Jilvir toshi kvars-sement yoki keramik toshdan qilingan uzluksiz Defibrer kengroq ishlatiladi. Unda toʻxtovsiz aylanib turadigan plastinkali zanjirlar yogʻochni jilvir toshlarga qisib beradi, jilvir toshlar yogʻochni qirib, yogʻoch massasiga aylantiradi. Defibrer qogʻoz va karton ishlab chiqarish korxonalarida qoʻllaniladi.


Lotin alifbosida maqola: DEFIBRER haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



QOGʻOZ
TOSHKENT
PAXTA TERISH MASHINALARI
TAKROR ISHLAB CHIQARISH
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты