DEFO

DEFO (Defoe) Daniyel (taxm. 1660, Kriplgeyt — 1731.26.4, Murfilds) — ingliz yozuvchisi, publitsist, realistik nasr asoschilaridan biri. Ijodiy faoliyatini jurnalist sifatida boshlagan. «Loyihalar tugrisida tajribalar» (1697) pamfletila bir qator siyosiy va iktisodiy islohotlar oʻtkazishpi taklif etgap Koʻpgina asarlarida tadbirkorlik, akl-idrok, eʼtiqod va soʻz erkinligini yoqlagan, demokratiya gʻoyalarini ilgari surgan («Xokisor odamning tavsiyanomasi», 1698 va b.). D. maqtanchoq aslzodalarni fosh etadi («Aslzoda ingliz», 1701). 1702-y. da pinhoniy nom bilan «Dissenterlardan kasos olishning eng oson yoʻli» nomli pamfletini eʼlon qilgani uchun qamaladi. Defoning «Robinzon Kruzoning hayoti, ajoyib va gʻaroyib sarguzashtlari» (1719) romani unga olamshumul shuhrat keltiradi. «Kapitan Singlton» (1720), «Polkovnik Jak tarixi», «Moll Flenders» (1722), «Roksana» (1724) sarguzasht romanlari ham qiziqarli tafsilotlarga boy. Jahon adabiyotida «Robinzon Kruzo» romaniga taqlidan juda koʻp asarlar yaratilgan. Bu roman Yoʻldosh Shamsharov tarjimasida oʻzbek tilida bir necha bor nashr etilgan.

As: Dengiz sayyohi Robinzon Kruzoning qayoti va ajoyib sarguzashtlari, T., 1965.


Lotin alifbosida maqola: DEFO haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Via Marokand - Mening dadam kapitan
Via Marokand - Mening dadam kapitan
FRANSIYA
BUYUK BRITANIYA
ALISHER NAVOIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты