DEFOLIANTLAR

DEFOLIANTLAR (de… va folium – barg) — hosilni yigʻib-terib olishni osonlashtirish maqsadlarida oʻsimliklar bargini toʻkish uchun qoʻllaniladigan kimyoviy moddalar. Peapitsidlar guruhiga kiradi. Defoliantlar oʻsimlik barglarini muddatidan oldin qarishi va toʻkilishini, sunʼiy xazonrezgilikni keltirib chiqaradi. Asosan gʻoʻza, urugʻlik lyupin barglarini toʻkishda ishlatiladi. Oʻzbekistonda Defoliantlar sifatida kalsiy xlorat-xlorid (42% li suvli eritmasi), magniy xlorat (60% li suvda eriydigan kukun), «Sihat» preparati (natriy xlorat asosida), dropp va b. qoʻllaniladi. Defoliantlar atrof muhitga sal-biy taʼsir koʻrsatmasligi uchun ulardan foydalanishda qatʼiy cheklashlar va maʼlum qoidalarga amal qilishni talab etadi (q. Defoliatsiya).


Lotin alifbosida maqola: DEFOLIANTLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



DEFOLIATSIYA
NATRIY
KALSIY
GʻOʻZA
MAGNIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты