DEFOLIATSIYA

DEFOLIATSIYA — hosilni mashinalar yordamida yigʻib-terib olishni osonlashtirish uchun oʻsimlik barglarini sunʼiy ravishda toʻktirish. Defoliatsiya uchun kimyoviy moddalar — defolianshlarlan foydalaniladi, ular oʻsimliklar barglarida qarish yoki tabiiy toʻkilish yuz beradigan jarayonlarga oʻxshash hodisalarni sodir etadi. Bu jarayonda barglarda xlorofill miqdori kamayadi, fotosintez keskin susayadi, organik moddalar hosil boʻlish jarayoni buziladi, suv bugʻlanishi kuchayadi, oqsil va b. birikmalar parchalanishidan hosil boʻladigan mahsulotlar koʻpayadi. Bu birikmalar barg plastinkasi orqali oqib, barg bandi ajratuvchi qavati xoʻjayralarining yakkalanib qolishiga olib keladi va barg oʻz ogʻirligi taʼsirida toʻkiladi. Barglar kimyoviy preparatlar yordamida toʻkilsa, ekin qator oralaridan shamol oʻtishi yaxshilanadi, havoning nisbiy namligi kamayadi. Defoliatsiyadan soʻng barglar uzogi bilan 10—12 kunda qurib toʻkiladi. Defoliatsiya (terimga kadar 20 sutka oldin) gʻoʻza, manzarali va mevali daraxtlar, vino olishga moʻljallangan tokzor (terimga qadar 20 sutka oldin), urugʻlik lyupin, evkomiya va b. ni Defoliatsiya qilish yaxshi natija beradi. Gʻoʻzani Defoliatsiya qilish oʻsimlik ochilgan koʻsaklar soniga qarab utkaziladi (55—60% kusaklar ochilgan bulishi kerak). Barvaqt yoki kechikib qilingan Defoliatsiya (kusaklar pishmasdan yoki ochilmasdan) natijasida toʻla shakllanmagan koʻsaklarga oziq moddalar yetib bormaydi, ular qurib, toʻkilib ketadi, natijada paxta hosili kamayadi, tola hamda urugʻlik chigit sifati yomonlashadi. Ayniqsa, havoning oʻrtacha sutkalik harorati 15°va undan past, kechikkan Defoliatsiyada barglar toʻliq toʻkilmaydi. Dori purkash normasi gʻoʻzaning turi, navi, boʻyi, hosil shoxlari soni, ularning qay darajada rivojlanganligi, koʻchat qalinligi, ishlov berish muddatlari, kuzning kelishi, xullas, barcha shartsharoitlar hisobga olingan holda aniq belgilanishi ke-rak. Bunda har bir gʻoʻza paykali uchun alohida-alohida normalar va muddatlar belgilanadi. Defoliatsiyada preparat tekkan barglargina toʻkiladi, shu sababli gʻoʻzaning hamma barglari bir meʼyorda hoʻllanishiga erishish zarur. Gʻoʻzani Defoliatsiya qilishda kalsiy xlorat-xlorid, magniy xlorat (6—10 kg/ga), «Sihat» (natriy xlorat asosida; 13—16 kg/ga), dropp (0,3—0,7 kg/ga), dropp ultra (0,6—0,8 l/ ga) va b. preparatlar qoʻllaniladi. Sutkalik oʻrtacha harorat 17 — 20° da preparatlar yaxshi taʼsir koʻrsatadi. Havo harorati 17° dan past boʻlganda defoliantlar miqdori 15 — 20% oshiriladi. Shudring defoliantlar taʼsirini oshiradi, yomgʻir esa, aksincha, uni kamaytiradi. Defoliatsiya qilishda traktorga osiladigan purkagichlardan keng foydalaniladi. Ish suyukligi sarfi traktor purkagichlarda 300—400 l/ga.

Gʻoʻzani oʻz vaqtida Defoliatsiya va desikatsiya qilish paxta hosilini mashinalar yordamida terib olish uchun sharoit yaratadi, hosilning asosiy qismi (90% dan koʻprogʻi)ni sovuq tushgunga qadar terib olishga imkon beradi. Defoliatsiyadan soʻng paxta terish mashinalarining ish unumdorligi 15—20% oshadi.

Ad.: Zakirov T. S, Ximicheskaya defolatsiya i desikatsiya xlopchatnika, T., 1968.

Rixsivoy Yoqubov.


Lotin alifbosida maqola: DEFOLIATSIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
FOTOSINTEZ
OKEAN
KIMYO
BARG


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты