DEFORMATSIYA

DEFORMATSIYA (lot. deformatio — buzilish) — 1) fizikada — tashqi kuch, t-ra, elektr va magnit maydonlari taʼsirida jism shakli va oʻlchamlarining oʻzgarishi. Elastik va plastik xillari bor. Tashki kuch taʼsiri toʻxtagandan keyin Deformatsiya yoʻqolsa (jism oʻz holiga qaytsa) elastik Deformatsiya, saqlansa (jism oʻz holiga qaytmasa) plastik Deformatsiya yuz beradi. Elastiklik va plastiklik nazariyasida qattiq jism D. siga oid harakat va kuchlanish oʻrganiladi. Elastik Deformatsiya lanuvchi qattiq jism yoʻq, har qanday qattiq jism tashqi kuch taʼsirida plastik Deformatsiya lanadi. Plastik Deformatsiya t-ra, tashki kuch va Deformatsiya tezligiga bogʻliq. Tashki kuch maʼlum vaqt davomida bir xil taʼsir qilib tursa, Deformatsiya vaqt oʻtgan sari oʻzgara boradi; bu hodisaga yoyiluvchanlik deyiladi. T-ra koʻtarilishi b-n yoyiluvchanlik ortadi. Tashki kuch ortib borgandagi Deformatsiya aktiv (faol), tashki kuch kamayib borgandagi Deformatsiya passiv (sust) D. deyiladi. Deformatsiyaning choʻzilish, siqilish, egilish, buralish xillari mavjud. Mutlaq D. ning jism boshlangʻich oʻlchami (shakli)ga nisbati nisbiy D. deyiladi. Deformatsiya qonunlari materiallar qarshiligi, puxtaligi, inshootlar mustahkamligi va h. k. ni hisoblashda tatbiq qilinadi; 2)geologiyada — tektonik harakatlar natijasida tog jinslarining shakli va hajmi oʻzgarishi. Deformatsiyaga uchragan tog jinslarining tarkibi baʼ-zan butunlay oʻzgarib ketadi.


Lotin alifbosida maqola: DEFORMATSIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
OKEAN
PLASTIKLIK
PLASTIKLIK NAZARIYASI
YOYILUVCHANLIK


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты