DESHIFRATOR

DESHIFRATOR (frans. dechiffrer – maʼnosini yechmoq) — xabarlarni oʻqiydigan (dekodlaydigan) va undagi axborotlarni qabul qiluvchi tizim tiliga (kodiga) oʻtkazadigan qurilma; aloqa, telemexanika, radiolokatsiya qurilmalari va b. da beriladigan axborot signallarini nazorat qiladi. Deshifratorning kirish qismiga kelgan axborotlar oʻzgartiriladi (deshifrlanadi) va chiqish qismida axborot mazmunini ifodalovchi signalga aylanadi. Deshifrator kiri-shidagi signalga chiqishidagi muayyan signal mos keladi. Deshifrator telegraf apparatlari, telefon aloqasi, telemexanika, hisoblash texnikasi, radiotexnika va oʻlchash texnikasida qoʻllaniladi.


Lotin alifbosida maqola: DESHIFRATOR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TELEGRAF ALOQA
UYALI TELEFON
ALOQA
TELEFON ALOQA
POCHTA ALOQASI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты