DESHIFROVKA

DESHIFROVKA (frans. dechiffrer – maʼnosini yechmoq) —1) notanish xatlar yoki shifrli yozuvlarni shartli belgilar vositasida oʻqish; qad. yozma yodgorliklarning magʻzini chaqishda qoʻllaniladi. Bunda maxsus usullardan foydalaniladi;

2) yerda olingan fotosuratlar, aero va kosmik fotosuratlar boʻyicha muayyan hududni tadqiq qilish usuli. Samolyot yoki turli xil uchish apparatlarida olinadigan fotosuratlarni Deshifrovka qilishda biror obyektning soni va xarakteri uning suratdagi koʻrinishiga qarab aniklanadi. Topografik Deshifrovka vositasida yer yuzasining relyefi va mahalliy predmetlarning suratlari oʻrganiladi hamda joylar razvedka qilinadi;

3) taktik Deshifrovkada dushmanning mudofaa inshootlari, oʻt ochish pozitsiyalari, kommunikatsiyalari, aerodromlari, buyruq-nazorat punktlari va b. aniqlanadi;

4) maxsus Deshifrovka oʻrganilayotgan hudud yer yuzasining geologik tuzilishi, ustki qatlam xarakteri (mas, lyoss jinsi), yer osti suvlarining resurelari va shu kabi maʼlumotlarni aniklashni koʻzda tutadi.


Lotin alifbosida maqola: DESHIFROVKA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ? degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
AVIATSIYA
TOSHKENT
KOSMONAVTIKA
Tushda uchsa nimani bildirishi haqida.


Добавить комментарий