DEHLI JOME MASJIDI

DEHLI JOME MASJIDI — Hindistondagi meʼmoriy yodgorlik (1644 — 58). Boburiylardan ShohJahon qurdirgan. Masjid 3 xonaqoxdan iborat. Bosh tarzi qizil qumtoshdan ishlangan. Peshtogʻi chuqur ravoqli, muqarnas bilan bezatilgan, uning ikki yonidagi ustunsimon burjlar yuqorisi qafasa bilan tugallangan. Peshtoqning ikki yon tomonidagi gumbazli xonalar oldi qator ravokli. Masjidga 3 tomondan kiriladi. 2 burchagidagi minora va gumbazlar marmar qoplab bezatilgan. Old tomonidagi hovli atrofi ravoqlar bilan oʻralgan. Dehli jome masjidida Oʻrta Osiyo meʼmorligi anʼanalari taʼsiri bor.


Lotin alifbosida maqola: DEHLI JOME MASJIDI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



MASJID
BIBIXONIM JOME MASJIDI
XALQ IJODI
MUQARNAS
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты