DEHOTIY Abdusalom Pirmuhammadzoda

DEHOTIY Abdusalom Pirmuhammadzoda (1911.14.3, Samarqand yaqinidagi Bogʻi Maydon qishlogʻi — 1962.30.1, Dushanba) — tojik shoiri, dramaturg. Asarlarida «Pirmuhammadzoda», «Navqalam», «Hardamxayol», «Dehotiy» taxalluslarini koʻllagan. Oʻzbekiston ped. akademiyasida tahsil koʻrgan (1930—31). Faoliyatini «Haqiqati Oʻzbekiston» gaz. (1931—34)da boshlagan. Tojikiston davlat nashriyotining Samarqand boʻlimida ishlagan (1934— 35). Ilk hikoyasi — «Baxtiqaro Hamida» (1929). «Uch manzara» (1932), «Mehnat qoʻshiklari» (1934), «Sheʼrlar va hikoyalar» (1940), «Tanlangan sheʼrlar» (1949) toʻplamlari bor. «Vose qoʻzgʻoloni» operasining librettosi (M. Tursunzoda b-n hamkorlikda, 1938), «Togʻdagi nur» (1947) hamda «Komde va Mudan» (1951— 53) dramalarini yozgan. Dehotiy tojik xalq ogʻzaki ijodiga oid «Tojik xalq yumori» (1938) kitobi hamda oʻzbek shoirlari xaqidagi maqolalar («Junaydulla Maxdum Hoziq», 1940; «Buyuk oʻzbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy», 1948) muallifi. Abdulla Qahhornnng «Shohi soʻzana» (1953), B. Rahmonovning «Yurak sirlari» dramalarini, Muqimiy, H. Olimjon, N. Hikmat sheʼrlarini tojik tilita tarjima qilgan.


Lotin alifbosida maqola: DEHOTIY Abdusalom Pirmuhammadzoda haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ALISHER NAVOIY
TOJIKISTON
XITOY
BUYUK BRITANIYA
VOSE QOʻZGʻOLONI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты