DEHXUDO

DEHXUDO Mirza Aliakbarxon Qazviniy (1879—Tehron—1956) — eron yozuvchisi, olim va jamoat arbobi. Eron Tillar akademiyasi (Farhangiston)ning aʼzosi, Tehron un-tining prof. 1906-y. dan nashr etila boshlagan «Isrofil karnayi» hajviy jur. noshiri. Dehxudo qator hajviy hikoya va sheʼrlar muallifi. Uning ilmiy merosida «Maqollar va matallar» (1—4-jildlar, 1929—31), Abu Rayhon Beruniyga bagʻishlangan asari bor. D. koʻp jildli «Lugʻatnoma» (Eron ensiklopedik lugʻati)ni tayyorlashga nazariy va amaliy jihatdan katta hissa qoʻshgan.


Lotin alifbosida maqola: DEHXUDO haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



IBN SINO
ERON
BERUNIY
ALISHER NAVOIY
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты