DEHQON BOZORI

DEHQON BOZORI — q. x. mahsulotlarini sotish boʻyicha ixtisoslashgan bozor. D. b. da, asosan, shaxsiy tomorqalar, dehkrn va fermer xoʻjaliklari, shirkat va jamoa xoʻjaliklari, shahar aholisining hovli va dala hovlilarida yetishtirilgan dehqonchilik, chorvachilik, parrandachilik mahsulotlari sotiladi. Oʻzbekistonda Dehqon bozori shaharlar, shaharchalar, tuman markazlari, yirik guzarlarda joylashgan. Baʼzi yirik shaqarlarda oʻnlab Dehqon bozori faoliyat koʻrsatadi (mas, Tosh-kent sh. da 20 Dehqon bozori va ularning 50 ta shoxobchasi bor). 20-a. ning 30-y. larida dehqonlarni omma-viy ravishda k-zlarga birlashtirish va q. x. mahsulotlari savdosida k-zlarning keng ish-tiroki natijasida kolxoz bozorlari nomini olgan edi. 80-y. lar oxiridan shunday bozorlar «Dehqon bozori» deb ataladigan boʻldi. Oʻzbekistonda tomorka maydonlarining kengayishi, dehqon va fermer xoʻjaliklarining rivojlanishi Dehqon bozorining koʻpayishi va kengayishiga olib keldi, uning aholi taʼminotidagi ahamiyati ortdi. Respublikadagi Dehqon bozori lari 1996-y. dan Toshkent sh. va viloyatlar «Bozorsavdo» ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlari uyushmasiga kiradi. Respublikada 149 Dehqon bozori bor (2001).

Nuriddin Yoʻldoshev.



TOSHKENT
XITOY
ITALIYA
BUYUK BRITANIYA
ROSSIYA


Добавить комментарий