DEHQON XOʻJALIGI

DEHQON XOʻJALIGI — oilaviy mayda tovar xoʻjaligi. Oʻzbekistonda umuman Dehqon xoʻjaligining shakllari juda koʻhna tarixga ega boʻlsada, xoʻjalik yuritishning bozor iqtisodiyoti sharoitlarida uning hozirgi tashkiliy tuzilmasi 90-y. larning oxirida paydo boʻldi.

Dehqon xoʻjaligi oilaviy mayda tovar xoʻjaligi boʻlib, oila boshligʻiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqida berilgan tomorqa yer uchast-kasida oila aʼzolarining shaxsiy mehnati asosida q. x. mahsulotlari yetishtiradi va sotadi. Dehqon xoʻjaligi faoliyati tadbirkorlik faoliyati jumlasiga kiradi va xoʻjalik aʼzolarining istagiga koʻra yuridik shaxs tashkil etgan holda va yuridik shaxs tashkil etmasdan amalga oshirilishi mumkin. Dehqon xoʻjaligi belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtgan kundan eʼtiboran tashkil etilgan deb hisoblanadi.

Q. x. kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari) aʼzolarining, boshqa q. x. va oʻrmon xoʻjaligi, korxona, muassasa va tashkilotlari xodimlarining oilalariga, shuningdek, qishloq joylarida yashovchi oʻqituvchilar, shifokorlar va b. mutaxassislarning oilalariga Dehqon xoʻjaligi yuritish uchun tomorqa yer uchastkasi, imorat va hovli egallagan maydonni ham qoʻshganda, sugʻoriladigan yerlarda 0,35 gektargacha va sugʻorilmaydigan (lalmikor) yerlarda 0,5 gektargacha, dasht va choʻl mintaqasida esa sugʻorilmaydigan (lalmikor) yerlarda 1 gektargacha oʻlchamda beriladi.

Oʻzbekistonda Dehqon xoʻjaligi tashkil qilish, ularning faoliyati va tugatilishining huquqiy asoslari, huquq va majburiyatlari, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar bilan boʻladigan munosabatlari masalalari Oʻzbekistan Respublikasining 1998-y. 30 apr. da qabul qilingan «Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida» qonuniga muvofiq tartibga solinadi.

Oʻzbekistonda 1,8 mln. Dehqon xoʻjaligi bor (ularning 8,3 mingtasi yuridik shaxs maqomiga ega). Ularga ajratilgan yer maydoni 287,3 ming ga boʻlib, har bir Dehqon xoʻjaligiga oʻrtacha 0,16 ga yer maydoni toʻgʻri keladi. Respublika q. x. yalpi mahsuloti haj-mining 66% D. x. hissasiga toʻgʻri keladi (2001).

Qurbon Choriyev.


Lotin alifbosida maqola: DEHQON XOʻJALIGI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
XITOY
TOSHKENT
FRANSIYA
YURIDIK SHAXS


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты