DEHQONOBOD

DEHQONOBOD — Sirdaryo viloyatidagi shaharcha. Guliston tumaninnnt markazi. Aholisi 10,5 ming kishi (2000); asosan oʻzbeklar, shuningdek, rus, ukrain, tatar, koreys, tojik va b. millat vakillari ham yashaydi. Viloyat markazi — Gulistondan 24 km. Yaqin t. y. stansiyasi — Guliston (24 km).

Dehqonobodda dastlab 1886-y. Rossiyaning Poltava, Tver gubernyalaridan podsho hukumati tomonidan koʻchirib keltirilgan rossiyaliklar yashagan. 1887-y. dan qishloq Romanovsk deb atalgan. 1913-y. hoz. mudofaa ishlari boʻlimi binosida rus-tuzem maktabi ochilgan. 1923—92 y. larda Krestyanok posyolkasi deb atalgan.

Dehqonobodda 2 umumiy taʼlim maktabi, iqtidorli bolalar litseyi, qishloq xoʻjalik litseyi, sanatoriy tipidagi internat maktabi mavjud. 1997-y. respublika BAning tasviriy va amaliy sanʼat internat maktabi tashkil etildi. 1941—45 y. lardagi urush qurbonlariga yodgorlik monumenti oʻrnatilgan. 1986-y. Alisher Navoiy nomidagi madaniyat saroyi qurildi. Dehqonobodda viloyat «Ona va bolalar» fizioterapiya shifoxonasi, markaziy kasalxona, bolalar kasalxonasi, poliklinika, dorixona, 30 dan ziyod savdo, umumiy ovqatlanish va 10 dan ortiq maishiy xizmat punkti bor. Avtokorxona, 3 qurilish koʻchma kolonnasi, 2 taʼmirlash korxonasi, faoliyat koʻrsatmoqda. 1998-y. «Supermarket», «Dehqon bozori» qurib foydalanishga topshirildi.


Lotin alifbosida maqola: DEHQONOBOD haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ALISHER NAVOIY
ROSSIYA
UKRAINA
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты