DEHQONOBOD TUMANI

DEHQONOBOD TUMANI — Qashqadaryo viloyatidagi tuman. 1926-y. 29 sent. da tashkil etilgan (1962-y. 24 dek. da Gʻuzor tumani bilan birlashtirilgan. 1971-y. 31 avg. da qayta tuzildi). Dehqonobod tumani viloyatning jan.-sharqida joylashgan. Shim.-gʻarbda Gʻuzor tumani, shim.sharqda Qamashi tumani, jan.-sharqda Surxondaryo viloyati, gʻarbda Turkmaniston bilan chegaradosh. Mayd. 4,0 ming km2. Aholisi 100,3 ming kishi (2000). Dehqonobod tumanida 1 shaharcha (Dehqonobod), 14 qishloq fuqarolari yigʻini (Besh-qoʻton, Bibiqorasoch, Bozortepa, Bosh-chorboq, Duob, Karashina, Obiravon, Oqirtma, Oqravot, Oqtosh, Oqqishloq, Kizilcha, Qirqquloch, Qoʻrgʻon-tosh) bor. Markazi — Karashina qishlogʻi.

Tabiati. Relyefi oʻrtacha balandlikdagi togʻlar (Hisor tizmasining gʻarbiy tarmoqlari — Bobosurxon, Qorasirt), past togʻlar (Oqtosh, Sayfi, Kesik, Usmontov, Tepaqoʻrgʻon) va togʻ oldi qiya tekisliklaridan iborat. Tumanda neft, gaz, osh tuzi (Boybichakon, Govxona), kaliy tuzi (Odamtosh, Tepaqoʻton) va qurilish materi-allari (ohaktosh, shagʻal, gips) mavjud. Iqlimi kontinental iqlim. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi — 0,6°, iyulniki 28,4°. Yiliga oʻrtacha 277 mm yogʻin tushadi. Tuman hududidan Gʻuzor daryosining irmoqlari: Katta Oʻradaryo va Kichik Oʻradaryo oqib oʻtadi. Tumanning jan.-gʻarbiy qismida yozda qurib qoladigan Qizilcha va Gajaksoy kabi soylar bor. Pachkamar, Dehqonobod suv omborlari qurilgan. Dehqonobod tumanining togʻli qismida yupqa togʻ-qoʻngʻir tuproq, togʻ oldi va tekislik qismida och boʻz tuproq (baʼzan shoʻrxok va qumoq tuproqlar) uchraydi. Tuman hududida archa, zarang, uchqat oʻsadi. Past togʻ etaklarida pistazorlar bor. Shuvoq, shoʻra, yantoq, efemerlar oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan tuman togʻli qismida qoplon, ayiq, qobon, togʻ echkisi, boʻri, tulki, jayra, sugʻur va b. uchraydi. Kemiruvchilardan kala-mush, sichqon, qushlardan kaklik va b. yashaydi.

Aholisi, asosan oʻzbeklar, shuningdek, tojik, rus, tatar va b. millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2 ga 24,4 kishi. Shaharliklar 7,4 ming kishi.

Xoʻjaligining asosini chorvachilik va dehqonchilik tashkil qiladi. Ekin mayd. 47,4 ming ga, koʻp yillik daraxtzorlar 2,1 ming ga, yaylovlar 237,4 ming ga. Yaylovlarda qorakoʻl qoʻylari, hisori qoʻylar, angor zotli echkilar, qoramol, yilqi boqiladi. Dehqonobod tosh kesish karyeri, junni qayta ishlash zdi, konserva tay-yorlash sexi mavjud. Tuman hududidan Katta Oʻzbekiston trakti, Gʻuzor — Kumqoʻrgʻon t. y. oʻtgan.

2000/01 oʻquv yilida 88 umumiy taʼlim maktabi, kasb-hunar kolleji, internat litseyi faoliyat koʻrsatdi. Tumanda «Togʻ goʻzali» ashula va raqs ansambli, «Koʻngʻirot» folklor et-nografik ansambli, 27 kutubxona, 11 qishloq klubi bor. Markaziy kasalxona, 6 qishloq uchastka shifoxonasi, 56 qishloq feldsher-akusherlik shoxobchasi, 7 qishloq vrachlik punkti, 7 dorixona mavjud boʻlib, 650 ga yaqin oliy va oʻrta maʼlumotli tib-biy xodim ishlaydi. 1972-y. dan «Dehqonobod ovozi» tuman gaz. chiqadi (adadi 2000).


Lotin alifbosida maqola: DEHQONOBOD TUMANI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
QASHQADARYO VILOYATI
SURXONDARYO VILOYATI
XITOY
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты