DEHQONXOʻJAYEVA Nozima Abdullayevna

DEHQONXOʻJAYEVA Nozima Abdullayevna (1928.20.12, Toshkent) — terapevt, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1987), tibbiyot fanlari d-ri (1967), prof. (1967). ToshTIni tugatgan (1949). Vaksina va zardoblar i. t. in-tida lab. mudiri (1958—60), Oʻlka tibbiyot i. t. inti gastroenterologiya lab. da katta ilmiy xodim (1960—69), Protozoy kasalliklar boʻlimi boshligʻi (1971—91), Oʻzbekistan Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Mikologiya va protozoy kasalliklar ilmiy markazi direktori (1991-y. dan). Lyamblioz kasalligining kelib chiqishi, klinikasi va davosi, zamburugʻ kasalligini qoʻzgʻatuvchi patsilomises turlari ustida tadqiqotlar olib bordi. 1darajali «Sogʻlom avlod uchun» ordeni (1996) b-n takdirlangan.

As: Xronicheskiye zabolevaniya kishechnika u detey, T., 1986; Zaaminellyoz, T., 1995.


Lotin alifbosida maqola: DEHQONXOʻJAYEVA Nozima Abdullayevna haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
SOGʻLIQNI SAQLASH
TIBBIYOT
XITOY
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING ORDEN VA MEDALLARI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты