DEHQONCHILIKNING ASOSIY QONUNLARI

DEHQONCHILIKNING ASOSIY QONUNLARI — dehqonchilikni ilmiy asosda olib borishning obyektiv qonunlari; q. x. ni intensivlash, ekinlardan moʻl hosil olishda obyektiv omillarning oʻrni va rolini izohlab beradi. Tuproqaan olingan moddalarni qaytarish; minimum, optimum va maksimum; hayot omillarining birgalikda taʼsir etishi; hayot omillarining teng ahamiyatlilik va almashtirib bulmasligi qonunlarini uz ichiga oladi. Tuproqdan olingan moddalarni qaytarish qonunini nemis olimi Yustus Libix (1803—73) 1840-y. da ifodalab berdi. Oʻsimliklarning biologik massasi va hosili bilan tuproqsan oziq moddalari chiqib ketadi. Lekin bu oziq moddalarning bir qismigina goʻng tariqasida yana tuproqqa qaytadi. Hosil bilan yerdan chiqib ketgan hamma mineral moddalarni, ayniqsa, fosforni tuproqqa toʻla «qaytarish» kerakligi shu qonunda taʼkidlanadi. Bu qarash oʻsimliklarni mineral oʻgʻitlar bilan oziklantirish haqidagi nazariyaning asosini tashkil etdi. Yu. Libix nazariyasi, ayrim xatolarga qaramay, agronomiya, jumladan agrokimyo fanida katta ahamiyatga ega boʻldi. Qaytarish qonuniga binoan tuproqdan uzlashtiriladigan oziq moddalar ekvivalent miqdorda mineral va organik ugʻitlar hamda turli xil ag-rotexnologik tadbirlar bilan yerga qaytariladi. I. ch. sharoitida mineral ugit sifatida tuproqqa asosan azot, fosfor va kaliy, ayrim mikroelementlar kaytariladi, xolos. Mas, bir tonna paxta tolasining hosil boʻlishi uchun urtacha sof 50 kg azot, 15 kg fosfor va 50 kg kaliy sarflanadi. Moddalarni qaytarish qonunining buzilishi tuproq unumdorligini kamayi-shiga sababchi buladi.

Dehqonchilikdagi minimum, optimum va maksimum konunlari da oʻsimlik hayotida har bir hayot omiliga bulgan taʼsirchanlikning alohida ahamiyati borligi ifoda etilgan. Oʻsimliklarda, rivojlanishning muayyan fazasiga utishi uchun vaqt (oy, kun) bilan birga minimum samarali t-ra yigʻindisi talab etilndi yoki yerdan fosfor, kaliy va b. oziq moddalar miqdori boʻyicha 45 s hosil olish mum-kin, lekin tuprokda oson uzlashtiriladigan azot miqdori faqat 25 s hosil yetishtirish uchun yetarli, natijada amalda oʻrta hisobda 25 s atrofida hosil olinadi. Bunga sabab hosilning miqdori minimumda turgan azot miq-dori bilan chegaralanadi. Optimum qonuni ham minimum qonun kabi mustaqil, usimlik uchun optimal usish sharoiti yaratilganda, eng kam mehnat va mablagʻ sarflab, gektaridan eng koʻp va sifatli mahsulot olinishini ifoda etadi. Dehqonchilikning optimum qonuniga binoan, oʻsimlik barcha hayot omillari bilan optimal taʼminlangandagina hosil eng yuqori boʻladi. Oʻsimliklar hayotida eng qulay — optimal sharoit bilan bir qatorda, maksimal, koʻpincha ular uchun zararli sharoit, ayrim vaqtda oʻsimlikni quritadigan sharoit ham boʻlishi mumkin; bu xrdisa maksimum qonunida ifoda etiladi. Mac, 35° dan yuqori t-ra gʻoʻza, 25° dan yuqori t-ra kartoshka oʻsishiga salbiy taʼsir koʻrsatadi yoki mineral oʻgʻitni ortiqcha qoʻllash ekin hosildorligini oshirmaydi, balki mahsulot sifatini pasaytiradi.

Dehqonchilikda yuqori va barqaror hosil yetishtirish uchun minimum yoki maksimumda turgan omillarni muay-yan tadbirlar bilan optimal mikdorga yetkazish, oʻsimlikning butun vegetatsiya davomida oʻsishi va rivojlanishi uchun qulay sharoitlar yaratish kerak. Ammo i. ch. da koʻpincha minimum, optimum va maksimum qonunlar buzilayotgan hollar ham uchraydi. Mac, tuproqda nam kam boʻlishiga qaramasdan, yerga koʻp marta ishlov beriladi, natijada nam yanada kamayadi.

Hayot omillarining birgalikda taʼsir etishi qonuni oʻsimlikning hayot omillari alohida-alohida taʼsir etmay, bir-birlari bilan birgalikda taʼsir etishiga asoslanadi. Oʻsimliklarning oʻsishi va rivojlanishi uchun omillar majmuining taʼsiri uzluksiz boʻlishi talab etiladi. Mas, kuzgi gʻalla nam yetarli, havo harorati 23° dan yuqori boʻlganda unib chiqib, 8—10 kundan keyin tuplanish fazasiga oʻtadi. Harorat 13° dan yuqori, ammo tuproqda nam kam (200—300 m3/ga) boʻlsa, tuplanish 11 — 15 kundan keyin, ayrim vaqtlarda harorat 9 — IV boʻlib, foydali nam miqdori esa gektariga 150—200 m3 ni tashkil etganda, bu jarayon 16—20 kungacha choʻziladi. Havo harorati 7° dan past, namlik esa 100 moʻga dan kam boʻlganda esa oʻsimlikning unib chiqish — toʻplanish sikli 25 kunni tashkil etadi va h. k. Oʻsimliklar hayot omillarining birgalikda taʼsir etishi qonuniyatlarini bilish, oʻsimliklarning hayot omiliga bevosita yoki bilvosita hamda unga yaqin turadigan omillarga taʼsir etish yoʻli b-n hatto iqlim sharoiti murakkab, ogʻir boʻlgan yillarda ham ekinlardan yuqori hosil olish imkoniyati yaratiladi.

Oʻsimlik hayot omillarining teng ahamiyatlilik va almashtirib boʻlmaslik qonunini V. R. Vilyame (1863—1939) taʼriflab bergan. Oʻsimlikdagi har bir hayot omilini, ularning oʻzaro nisbati va munosabatlarini boshqa omil bilan almashtirish mumkin emas. Ularning har biri boshqasining oʻrnini bosa olmasligi nuqtayi nazaridan teng ahamiyatlidir. Oʻsimliklarning u yoki bu hayot omillariga ehtiyoji qanchali-gidan qatʼi nazar, ular oʻsimlik uchun bir xilda zarur. Mas, oʻsimlikni hatto biron bir mikroelementga boʻlgan oz-gina talabi qondirilmasa, undagi sodir boʻlayotgan normal fiziologik jarayonlar hamda oʻsishi va rivojlanishi buziladi, chunki har bir omil oʻsimlik hayotida maʼlum bir funksiyani bajaradi. Oʻsimliklar hayotida omillar orasida asosiysi va ikkilamchisi yoʻq. Ular teng ahamiyatlidir. Oʻsimliklarning hayot omillar tizimi har xil oʻsimlik uchun oʻziga xos. Dehqonchilik qonunlari va agrotexnika. Oʻsimliklarning hayot sharoitini, mas, tuproq sharoitini har xil agrotexnika usullari bilan boshqarish mumkin. Lekin qoʻllanilayotgan har bir agrotexnika tadbiri bir yoki bir qancha omillarga taʼsir etishi yoki mutlaqo taʼsir etmasligi ham mumkin. Shuning uchun agrotexnika tadbirlari tizimini barcha hayot omillariga ijo-biy taʼsir etadigan va oʻsimlik talabini krndira olishga moyil ketma-ketlikda oʻtkazish zarur. Agrotexnika tadbirlari majmui ekinning butun vegetatsiya davomida oʻzgarib turadigan talablariga muvofiq boʻlganda oʻsimlik oʻsishi va rivojlanishini boshqaradigan eng taʼsirchan omilga aylanadi. Qoʻllanilayotgan agrotexnika tadbirlari faqat ekinlarning hosildorligiga emas, balki hosil sifatiga ham taʼsir etadi. U yoki bu agrotexnika tad-birlarini notoʻgʻri qoʻllash natijasida paxtaning tola sifati yomonlashadi, kartoshkada kraxmal, qand lavlagida shakar moddasi kamayadi. Agrotexnikada tadbirlarining muhim sifat koʻrsatkichlaridan biri uni oʻz vaqtida oʻtkazish hisoblanadi.

Abdurahim Ermatov.


Lotin alifbosida maqola: DEHQONCHILIKNING ASOSIY QONUNLARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BIOLOGIYA
IBN SINO
ALISHER NAVOIY
AZOTLI OʻGʻITLAR
BERUNIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты