DJIZAKSKAYA PRAVDA

«DJIZAKSKAYA PRAVDA» («Jizzax haqiqati») — Jizzax viloyati hokimligining ijtimoiysiyosiy gaz. Jizzax sh. da rus tilida haftada 2-marta chiqadi. Birinchi soni 1974-y. 1-mayda chiqqan. 1998-y. dan «Djizakskaya pravda» tahririyati «Jizzax haqiqati» gaz. tahririyatiga qoʻshildi. Gaz. sahifalarida viloyat hayotidagi eng muhim voqealar, xususan, xalqlar oʻrtasidagi doʻstlikni mustahkamlash, bozor munosabatlarini kuchaytirish, qishloqqa sanoatni olib kirish, yoshlar tarbiyasi va b. masalalar muntazam yoritiladi. Tahririyat qoshida qishloq xoʻjaligi, ijtimoiy, iqtisodiy, huquqni muhofaza qilish organlari bilan ishlash boʻlimlari bor. Adadi 3 ming (2001).


Lotin alifbosida maqola: DJIZAKSKAYA PRAVDA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ROSSIYA
TOSHKENT VILOYATI
JIZZAX VILOYATI
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты