DZAVATTINI

DZAVATTINI (Zavattini) Chezare (1902.20.9, Ludzara — 1989) — italyan kinosanʼatida neorealizm asoschisi, yozuvchi, ssenariychi va kino nazariyotchisi. Ijodi 1928-y. dan boshlangan. «Hozircha mening haqimda gaplashaylik», «Men shaytonman», «Mehribon Toto» romanlari mashhur. «Men million beraman», «Shusha», «Velosiped oʻgʻrilari», «Umberto Dzavattini», «Tom», «Milandagi moʻjiza», «Italyancha nikoh», «Kungaboqarlar» kabi ssenariylari bilan shuhrat qozongan. Uning 40 dan or-tiq ssenariylari rej. De Sika tomonidan ekranlashtirilgan. Kuba milliy kinematografiyasining vujudga kelishida ham Dzavattinining xizmati katta.


Lotin alifbosida maqola: DZAVATTINI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



KUBA
KINO SANʼATI
FRANSIYA
ITALIYA
HINDISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты