DZYUDO

DZYUDO (yaponcha dzyu — yumshoq, do — yoʻl) — sport yakkakurashi. Dzyudoga Yaponiyada prof. Dzigoro Kano (1860—1938) 1882-y. da asos solgan. U yaponlarning jiu-jitsu yakkakurashidan inson salomatligiga ziyon yetkazmaydigan usullarini olib, Dzyudoni jismoniy barkamollikka yetaklaydigan sport turi sifa-tida shakllantirdi. Dzyudo chilar kimano (oq kalta kamzul va cholvor) kiyib, yalant oyokda tatami (gilam) ustida bellashadilar. Asosan 7 vazn toifasida (erkaklarda 60, 66, 73, 81, 90, 100, 100+, ayollarda 48, 52, 57, 63, 70, 78, 78 + kg) musobaqa uyushtiriladi, kurash erkaklarda 5 min., ayollarda 4 min. da-vom etadi. Tik turib kurashilganda raqiblar (chalish, siltab tashlash, yel-kadan oshirib otish va h. k.) usullar qoʻllab bir-birlarini tatamiga yiqitib baho olishga harakat qiladilar. Yotib kurashilganda qoʻl-oyoqlarni qayirish, ogʻritish va boʻgʻish usullarini qoʻllab, raqibining yelkasini tatamiga 30 sek. davomida bosib turib yengishga (yengilganini tan olishga majbur etishga) ruxsat etiladi. Usullar bajarilishiga qarab, kurashchilarga «koko», «yuko», «vazari» va «ippon» baxrlari beriladi («ippon» — sof gʻalaba, 2 ta «vazari» — gʻalaba, «yuko» va «koko» baxrlari sanab borilib, yakunda ino-batga olinadi).

Dzyudo boʻyicha musobaqalar 1883-y. dan oʻtkaziladi. Xalqaro Dzyudo federatsiyasi (FIJ) 1956-y. da tuzilgan, unga 150 ga yaqin mamlakat, shu jumladan Oʻzbekistan Dzyudo federatsiyasi aʼzo (1991). 1956-y. dan jahon chempionati oʻtkazib kelinadi, 1964-y. dan olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritilgan.

Oʻzbekistonda Dzyudo bilan 20-a. ning 80-y. laridan shugʻullaniladi. Dzyudoning ayrim jihatlari oʻzbek kurashiga oʻxshash boʻlgani uchun tez ommalashdi. Dzyudo chilarimiz, ayniqsa, mustaqillik yillarida yuqori natijalarga erishdi, ular nufuzli musobakalarda 30 dan ziyod medal b-n takdirlanishdi. Jumladan, Armen Bagdasarov olimpiada (1996) va Osiyo oʻyinlarida (1998) — kumush, Farhod Toʻrayev jahon chempionatida (1999) — kumush va «A» toifasidagi musobaqalarda (1998, 2001) — 2 ta oltin, Egamnazar Akbarov jahon universiadasida (2001) — oltin, «A» toifasidagi musobaqalarda Kamol Murodov (1998) va Vladimir Shturbabin (1999) — oltin, Suzanna Ahmedova Osiyo chempionatida (1999) — bronza medallarini qoʻlga kiritishgan.


Lotin alifbosida maqola: DZYUDO haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YAPONIYA
KURASH
XITOY
HARBIY KIYIMLAR
OTISH SPORTI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты