DI

DI, Beydi — Xitoydan shimolda, Sharqiy Xitoy dengizidan Turkistonga qadar yoyilgan hududlarda yashagan turkiy qavmlarning qad. ajdodlarini xitoycha nomlanishi (mil. av. 20-a. — mil. av. 4-a.). Qad. davrda Dilar jun libos kiyib, boshlariga qush patlari taqishgan, yertoʻla va gʻorlarda yashashgan. Di larga mansub olti yirik kabila itlarni muqaddas deb bilgan. Jan. da yashovchi Dilar chorvachilik bilan bir qatorda dehqonchilik bilan ham shugʻullanganlar. Mil. av. taxm. 2-ming yillik oxirlarida i. ch. taraqqiy etib, temirdan qurol-aslahalar yasay boshlashgan, shu davrda qabilalar ittifoqi shakllanib, ular asosida dastlabki xonliklar vujudga kelgan. Dilar endilikda qishda kulba uylarda, yezda esa chodir va oʻtovlarda yashashgan, shomonlikka eʼtiqod qilishgan. Shomon dini aqidalariga koʻra, dunyo tomonlari (sharq, janub, gʻarb, shimol) ni koʻk (baland, ulugʻ) qizil, oq, qora ranglar bilan anglatishgan. Shuning uchun mil. av. 9-a. dan boshlab xitoy manbalari Dilarni 2 etnik guruhga — chidi — «Kizil Di lar» va baydi — «Oq D. lar»ga ajratgan, ular ham oʻz navbatida bir qancha qabilalarga boʻlinganlar. Bu D. lar koʻpincha junlar (jundi) bilan birgalikda Xitoyga chopqunlar qilib turishgan. Jan.-sharqiy Di larning garchi oʻz xonliklari boʻlsada, ular baʼzi xitoy podsholiklarining asosiy aholisini tashkil etgan. Taykong xonligi davri (mil. av. 2188 — 2160) da tanazzulga uchragan deh-qonchilik Dilar yordamida qayta rivojlangan. Tadqiqotchilarning fikricha, qad. xitoyliklar She (mil. av. 2140 — 1711), Shong (mil. av. 1711 — 1066) xonliklari davrida ot minish mahoratini Di lardan oʻrganishgan. Chunchyu (mil. av. 770-476), Jangoʻ (mil. av. 476-221) davriga oid manbalarda eng dastlabki jang aravalari va otliq qoʻshinni saf boʻlib jang qilish tizimini Dilar boshqa xalqlardan avval qullaganliklari haqida maʼlumotlar bor. Ammo shu bilan birga jan.-sharqiy Dilar xitoyliklar bilan assimilyatsiyalashib, ularning madaniyatini qabul qilib, asta-sekin til va urf-odatlarini oʻzgarti-ra boshlashgan. Mil. av. 607-y. D. larning surman qabilasi boshchiligidagi xonligi kulashi bilan Sharqiy — «Baland (ulugʻ) Di lar» tarixi tugaydi. «Qizil D. lar»ning Lu (Luzi) xonligini tashkil etgan qismi Jin xonligi tomonidan qirib tashlanadi, ikkinchi qis-mi esa shim. ga koʻchib ketgan. Mil. av. 450-y. Jin xonligi Dlarning Choʻvyuv xonligini ham tugatgan. Mil. 4-a. da Di ata-masi xun, xu atamasi bilan almashadi. Tarixiy manbalarda Dlarning ayrim kabilalari — dingling, tele, dili, govchi (qongqil) larning nomi uchraydi.

Abduxoliq Aytboyev.


Lotin alifbosida maqola: DI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
TOSHKENT
OʻZBEKLAR
YER
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты