DIAZOBIRIKMALAR

DIAZOBIRIKMALAR — diazoguruhli organik moddalar. Faqat bir organik radikal bilan boglangan ikki atom azot diazoguruh deb ataladi. «Diazobirikmalar» termini turli birikmalar turkumiga taallukli. Diazobirikmalar alifatik va aromatik Diazobirikmalarga boʻlinadi. Alifatik Diazobirikmalar qizdirilganda, ultrabinafsha nurlar va kislotalar taʼsir ettirilganda parchalanadi, shuningdek, katalizator (mis va uning tuzlari) ishtirokida karbenlar hosil qiladi. Diazometan va diazosirka efiri alifatik Diazobirikmalarga mi-sol boʻla oladi. Aromatik Diazobirikmalar beqaror, quruq, portlovchi, reaksiyaga kirishuvchan modda, ishqorlar taʼsirida diazotatlar hosil qiladi. Aromatik D. azo-boʻyoqlar olishda, diazotipiyada ishlatiladi. Alifatik D. — alkillovchi moddalardir.


Lotin alifbosida maqola: DIAZOBIRIKMALAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
MIS
ORGANIK KIMYO
KIMYO
KATALIZ


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты