DIAKRITIK BELGILAR

DIAKRITIK BELGILAR (yun. diakritikos — farklovchi, farklashga xizmat qiluvchi) — satrlar ustiga yoki ostiga, kamdan-kam hollarda ichiga qoʻyiladigan, harflarga asoslangan yozuvlarda ishlatiladigan belgilar. Diakritik belgilar ayrim belgi — harf mohiyatini oʻzgartirish yoki uni aniklashga xizmat qiladi. Diakritik belgilarning kuyidagi turlari farqlanadi: a) harfga yangicha funksiya yuklaydigan belgilar (mas, oʻzbek kirill alifbosidagi — y, yo, gʻ, q, va b., oʻzbek lotin alifbosidagi — oʻ (oʻ), (Yaq) va b.); b) tovushning variantlarini ifodalovchi belgilar (mas, frans. yo, yo, yo, bular yana maʼno farqlash xususiyatiga ham ega). Ayrim Diakritik belgilar harfni ajratib oʻqishlikni koʻrsatadi (mas, frans. — I). Prosodik Diakritik belgilar harf ifodalovchi tovushning choʻziq yoki qisqaligini, urgʻu va uning turlarini, tonni bildiradi (mas, Vyetnam tilida, xitoy tili uchun lotin grafikasi asosidagi baʼzi loyihalarda). Diakritik belgilar baʼzi transkripsiyalar tizimida va xalqaro alifbolar loyihalarida katta ahamiyatga ega. Ayni bir xil Diakritik belgilar turli milliy yozuvlarda turlicha funksiyani bajaradi. Diakritik belgilar eng koʻp uchraydigan tillar — fransuz, polyak, chex, portugal, lotin, litva tillaridir. Turkiy tillarda, xususan, oʻzbek tilida ham Diakritik belgilar mavjud. Diakritik belgilar arab yoʻzuvipa ham keng qoʻllanadi, bularning ahamiyati ayniqsa turli arab va b. musulmon mamlakatlarda Qurʼoni Karimni tilovat qilishda muhim ahamiyat kasb etadi, yaʼni bir xil oʻqilishini taʼminlaydi. Araf alifbosi asosidagi boshqa xalqlar yozuvlari ham bundan mustasno emas (mas, fors, urdu va b. tillarda). Diakritik belgilar hind yozuv tizimlarida ham uchraydi, bularda dimoqda hosil boʻladigan undoshlarni farqlaydi, shuningdek, choʻziqlik va qisqalikni koʻrsatadi (mas, «i» va «ji). Baʼzi olimlar som (arab, yahudiy) tillarida ham Diakritik belgilar mavjud deb taʼkidlaydilar, bunda unli tovushlar undoshlar ostiga nukta va chiziqcha qoʻyish b-n anglashiladi.


Lotin alifbosida maqola: DIAKRITIK BELGILAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ? degan savolarga javob topishingiz mumkin)



VYETNAM
XITOY
ESKI OʻZBEK YOZUVI
Adham Soliyev - Yaqu-yaq
URGʻU


Добавить комментарий