DIALEKTIK MATERIALIZM

DIALEKTIK MATERIALIZM — marksizmning falsafiy taʼlimoti. Materializm va dialektikaning uzviy birligidan tashkil topganligi uchun Dialektik materializm deyiladi. Dialektik materializmning asosiy tamo-yillarini 19-a. ning 40-y. larida K. Marks va F. Engels taʼriflab bergan. Dialektik materializm materiya dunyoning yagona asosi, ong materiyaning xossasi ekanligiga asoslanadi, narsa va hodisalar oʻrtasida yalpi oʻzaro aloqa bor degan qoidadan kelib chiqib, dunyodagi harakat va rivojlanishni uning ichki ziddiyatlari natijasi deb eʼtirof etadi. Dialektik materializmning asosiy tushunchasi — materiya, uning mavjudlik usuli — harakat, asosiy shakllari — fazo va vaqt. D. m. ning asosiy qonunlari: qaramaqarshiliklar birligi va kurashi qonuni, miqdor oʻzgarishlarining sifat oʻzgarshilariga oʻtishi konuni, inkorni inkor qonuni. D. m. taʼlimotiga koʻra, bilimning asosi va haqiqat mezoni — amaliyot. Dialektik materializm har qanday diniy va idealistik qarashni, fikrlashni gʻayriilmiy deb hisoblaydi. Sobiq SSSR davrida Dialektik materializm tushunchalari fan, madaniyat va umuman ijtimoiy hayotning yagona nazariy asosi deb eʼlon qilindi, kommunistik partiyaning mafkurasi va siyosatiga xizmat qildirildi. Dialektik materializmni ilm-fan, ijtimoiy amaliyot sohalariga bevosita qoʻllash, uni «yakkayu-yagona, birdanbir toʻgʻri falsa-fa»ga, ilmiy bilishning «tanho uslubi»ga aylantirish harakatlari avj oldi. Shoʻrolar tuzumining rasmiy falsafasi, ilm-fanning birdan-bir uslubiy asosi boʻlib keldi. Dialektik materializm falsafiy fikr tarixida turfa dunyoni turlicha idrok etuvchi, oʻrganuvchi va talqin qiluvchi falsafiy oqimlarning biridir.


Lotin alifbosida maqola: DIALEKTIK MATERIALIZM haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ? degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FAZO VA VAQT
INKORNI INKOR QONUNI
MIQDOR OʻZGARISHLARINING SIFAT OʻZGARISHLARIGA OʻTISHI QONUNI
FIZIKA
YER


Добавить комментарий