DIALEKTIKA

DIALEKTIKA yu[n. dialektike (techne) — suhbat olib borish, bahslashish sanʼati] — borliqning vujudga kelishi, uning taraqqiyoti haqidagi falsafiy taʼlimot hamda voqelikni bilish va unga asoslangan tafakkur uslubi. «D» tushunchasi falsafa tarixida dastlab hoz. maʼnosidan boshqacha tushunilgan. Yunon falsafasida Dialektika muxolifning muhokamasidagi ziddiyatlarni ochib tashlash, munozara orqali xaqiqatni topish sanʼatini anglatgan. Keyinchalik bu usul tabiat hodisalariga tatbiq etila boshlagan, bilish uslubiga aylangan. Dialektik tafakkur voqelikni bilish jarayoni sifatida inson, jamiyat bilan bogʻliklikda paydo boʻlgan. Voqelikni bilish va uni inson manfaatlari yoʻlida oʻzgartirishning dialektik us-lubini anglashga intilish qad. zamonlarga borib taqaladi. Bu intilish dastlab Sharqda paydo boʻlib, antik davrda oʻz takomiliga yetgan. Falsafa tarixida Dialektika turlicha talqin qilingan. «D» soʻzi ilk bor Sokrat (Suqrot) tomonidan qoʻllanilgan. U D. ni bir-biriga zid, qaramaqarshi fikrlar toʻqnashu-vi orqali haqiqatni topish sanʼati deb bilgan. Geraklit ijodida Dialektika oʻzining antik davrdagi eng yorqin koʻrinishiga ega boʻldi. Geraklit fikricha, Dialektika — muttasil harakatdagi olam ichki jihatdan ziddiyatli va u doimiy vujudga kelish, rivojlanish hamda tanazzulga yuz tutish — qaramaqarshiliklar birligidan iborat. Mazkur davrda Geraklit va b. yunon faylasuflari taʼlimotlari negizida sofistlarning salbiy tusdagi Dialektikasi vujudga keladi. Sofistlar haqiqatni borliq D. sidan emas, bahslar olami, ruhiyatidan axtarib, ziddiyatli inson tafakkurini harakatga keltirdilar, oxir-oqibatda bilish faqat nisbiy, gumoniy, taxm. ekanligini eʼtirof etishgacha borib yetdilar. Oʻrta asrlardan 18-a. gacha Dialektika oddiy (maktabda oʻqitiladigan) mantiq ilmi sifatida tushunib kelindi. Platon D. ni narsalarning ideal mohiyatini bilish maqsadida tushunchalarni boʻlak-boʻlaklarga ajratish, soʻng bir-biri bilan oʻza-ro bogʻlash uslubi deb hisoblagan. Kuzalik Nikolay, J. Bruno D. ni qara-maqarshiliklarning mos kelishi haqidagi taʼlimot deb taʼkidlashgan. Kantnit fikricha, Dialektika voqelikni tajriba, hissiy bilimlar orqali emas, balki sof tafakkur asosida bilishga intiladi. Gegel D. ni borliq, ruh va tarix taraqqiyotining ziddiyatlarini anglashning umumiy uslubi deb bildi. Falsafa tarixida Dialektikaning 3 ta asosiy shakli tarkib topdi:

1) qad. dunyodagi ilk, stixiyali, sodda Dialektika (Geraklit, Platon va b.);

2) nemis mumtoz idealistik (xususan, Gegel) falsafasi;

3) K. Marks va F. Engels asos solgan materialistik D. K. Marks, F. Engels va xususan, V. I. Lenin D. ni vokelikni bilish va uni inqilobiy oʻzgartirish qaqidagi taʼlimot hamda buning tegishli uslubi deb hisobladilar. Marksistik utopiya D. qonunlarida insoniyatning yalpi baxtsaodatga borish kafolatini koʻradi. 20-a. Gʻarb falsafasida Dialektika neogegelchilik, ekzistensializm, diniy falsafaning turli oqimlarida rivojlandi.


Lotin alifbosida maqola: DIALEKTIKA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FALSAFA
YUNONISTON
TOSHKENT
FRANSIYA
IBN SINO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты