DIALEKTOLOGIYA

DIALEKTOLOGIYA (dialekt va… logiya) — tilshunoslik sohasi. Tilning mavjud lahjalari, shevalarini oʻrganadi. Unda lahja va shevalarning fonetik, morfologik, sintaktik va leksik xususiyatlari tavsif qilinadi. Milliy tilning paydo boʻlishi va rivojida shevalarning tutgan oʻrni, milliy tilga asos boʻlgan shevalar aniqlanadi. Shevalararo, shuningdek, adabiy til va qardosh tillar bilan ularning munosabatlari belgilanadi. Shevalarning tarqalish chegaralari — lingvistik geografiya tomonidan oʻrganiladi. Bu jihatdan Dialektologiya ikkiga:

1) tasviriy (yoki dialektografiya); 2) tarixiyga ajraladi. Birinchisida mahalliy lahja va shevalarning fonetik tuzilishi, grammatik qurilishi, leksik tarkibi haqida mufassal maʼlu-mot beriladi. Ikkinchisida tilning dialektal xususiyatlarini qayd etish bilan birga, ularning kelib chiqishi, rivojlanishi va shakllanish tarixi oʻrganiladi. Dialektologiya tadqiqotlari tilning grammatik, leksik, orfografik va orfoetik meʼyorlarini belgilashda mu-him ahamiyatga ega. Dialektologiya tilshunoslik, etnogrofiya, folklor va b. bilan jips aloqada rivojlanadi. F. Abdullayev, Gʻozi Olim Yunusov, A. K.. Borovkov, Sh. Shoabdurahmonov va b. oʻzbek Dialektologiyasi rivojiga sezilarli hissa qoʻshgan.

Ad.: Reshetov V. V., Shoabdurax-monov Sh., Oʻzbek dialektologiyasi, T., 1962.


Lotin alifbosida maqola: DIALEKTOLOGIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TILSHUNOSLIK
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
YER
TARIX
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты