DIAMETR

DIAMETR (yun. diametros — koʻndalang oʻlcham) — aylana va doiraning markazdan oʻtuvchi (yaʼni eng katta) vatari. Radiusning ikkilanganiga teng boʻlgan bu vatar uzunligi ham Diametr deyiladi. Diametr tushunchasi boshqa figuralar uchun umumlashtiriladi. Mac, r radiusli aylana yoki shar diametri 2g ga, ellips va ellipsoid diametri ularning katta oʻqiga, kvadrat va kubniki dia-gonaliga teng boʻladi. Analitik geometriyatsa konus kesimi (ikkinchi tartibli chiziq) ning diametri biror yoʻnalishga parallel vatarlar oʻrtasidan oʻtuvchi toʻgʻri chiziq boʻladi. Ellips va giperbolaning Diametri ularning markazidan oʻtuvchi, parabolaning Diametri esa uning oʻqi va oʻqiga parallel boruvchi toʻgʻri chiziqdan iborat.


Lotin alifbosida maqola: DIAMETR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
XARITAGRAFIK PROYEKSIYALAR
KONUS KESIMLARI
Kinky - Negro Día
KONUS SIRT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты