DIAPAZON

DIAPAZON [yun. dia pason (chordon) — barcha (torlar) boʻylab] — 1) musiqada — soz, xonanda ovozi yoki har bir kuy, qoʻshiq, umuman barcha musiqa asarlarining eng pastki va eng yuqori tovushlari oraligʻi, muayyan tovushqator hajmi. Oʻzbek ommabop kuy va qoʻshiklari, doʻmbira, choʻpon nayi kabi musiqa cholgʻulari Diapazoni qisqa (ixcham); maqom, mumtoz cholgʻu va ashula yoʻllari, gijjak, rubob, tanbur kabi sozlarniki keng;

2) Kuchma maʼnoda — biror narsaning koʻlami; isteʼdod, bilim, taʼlimot, tafakkur, faoliyat darajasi, qamrovi koʻrsatkichi.


Lotin alifbosida maqola: DIAPAZON haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



SHASHMAQOM
MUSIQA
RAJABIYLAR
MAQOM ANSAMBLI
XONANDA OVOZI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты