DIATEZ

DIATEZ (yun. diathesis — moyillik) — organizmda moddalar almashinuvi jarayonining tugʻma nuqsoni, unda organizm funksiyalari va moddalar almashinuvi surunkali beqaror holatga keladi, bu esa oʻziga xos patologik reaksiyalar va kasalliklarda namoyon boʻladi. Diatezning kelib chiqishi vegetativ nerv sistemasi, ichki sekretsiya bezlari va odam konstitutsiyasi bilan bogʻliq. Tashqi muhit sharoiti yomonlashganda (ovqatlanish rejimi buzilganda, organizm kasallanganda), markaziy yoki vegetativ nerv sistemasining funksiyasi buzilganda aʼzolar toʻgʻri ishlay olmaydi, moddalar almashinuvi oʻzgaradi, nati-jada organizmning tashki muhitga moslanish xossasi susayadi, reaktivligi oʻzgarib, muayyan kasalliklarga moyil boʻlib qoladi. Diatezda hatto odatdagi turmush sharoiti ham patologik reaksiyalarga, kasallikka sabab boʻladi.

Diatez koʻpincha bolalarda kuzatiladi. Diatezning har xil shakllari bor. Ekssudativ-kataral diatez, limfatik-gipoplastik va nerv-artrik Diatez koʻp uchraydi. Nervartrik Diatez belgilari yoshga qarab oʻzgaradi: goʻdaklik davrida hazm aʼzolari faoliyati buzilib, bola ozishga moyil boʻladi, asabiylashadi, keyinroq borib, u ozib yoki semirib ketadi, ruhan qoʻzgʻaluvchan boʻladi va h. k. Gemorragik diatez D. ning alohida bir turi hisoblanadi.


Lotin alifbosida maqola: DIATEZ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ? degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
OVQATLANISH
NERV SISTEMASI
VEGETATIV NERV SISTEMASI
TOSHKENT


Добавить комментарий