DIAFRAGMA

DIAFRAGMA (yun. diaphragma — toʻsiq) — 1) biror fizik sistemaning qismlarini ajratib turuvchi toʻsiq;

2) optikada — optik sistemalar (teleskop, mikroskop, spektroskop, kino va fotoapparatlar va b.) da yorugʻlik nuri dastasining koʻndalang kesimini cheklovchi noshaffof toʻsiq. Shaffof ekrandagi kichik teshik ham Diafragma boʻladi. Linza va koʻzgu gardishi, koʻz qorachigʻi va b. optik buyumlar Diafragma vazifasini bajaradi. Optik sistemaning yorugʻlik kuchi va tasvir sifati Diafragmaning katta-kichikligi va vaziyatiga bogʻliq boʻladi. Foto – va kinoapparatlarda Diafragma obyektiv ichida linzalar orasiga joylashtiriladi. Hozirgi zamon foto – va kinoobyektivlari iris Diafragma bilan taʼminlanadi. Iris Diafragma halqaga oʻrnatilgan bir nechta oʻroqsimon yaproqchalardan iborat. Halqani burib, obyektivdagi teshik kattaligini oʻzgartirish mumkin. Yorugʻlik nurlari optik sistemadan chiqayotganda ular maydonini gʻoyatda toraytiradigan Diafragma apertura D. si deyiladi;

3) elektron optikada — zaryadlangan zarralar dastasi kesimini cheklovchi elektr oʻtkazuvchi plastin-kadagi tirqish; 4)oʻlchash texnikasida — quvurlardan oqayotgan bugʻ, gaz va suyukliklar sarfini oʻlchashda qoʻllaniladigan teshikli disk;

5) turbinalarda — yoʻnaltiruvchi apparat kurakchalari oʻrnatiladigan halqasimon toʻsiq; 6) gidrotexnika inshootlarida — gidravlik zulfin elementi; beton, temirbeton, metall, baʼzida yogʻochdan qilingan vertikal devor koʻrinishidagi qurilma.



KINO SANʼATI
LINZA
KOʻZGU
YER
RENTGEN NURLARI


Добавить комментарий