DIAXRONIYA

DIAXRONIYA (dia… va yun. chronos — vaqt, zamon) — til tizimining lingvistik tadqiqot manbai sifatidagi tarixiy taraqqiyoti, til taraqqiyotini vaqt nuqtayi nazaridan oʻrganish. Tilshunoslikda Diaxroniya tushunchasi sinxroniyata qaramaqarshi qoʻyiladi. Diax-ronik lingvistika baʼzan kiyosiytarixiy tilshunoslik, 20-a. dan boshlab tarixiy fonetika bilan aynan bir narsa deb karaldi. Keyinchalik uning tadqiqot obyekti sifatida tildagi oʻzgarishlarni, bu oʻzgarishlarning sabablarini, paydo boʻlish davrini oʻrganish nazarda tutildi. 20-a. 2-yarmida diaxronik yondashish, til tarixini davrlarga boʻlib oʻrganish b-n bogʻliq sof tarixiy yoʻnalishdan farqli oʻlaroq, til tizimida sodir boʻladigan diaxronik oʻzgarishlarni, tilning tizim sifatidagi taraqqiyoti qonuniyatlarini oʻrganishga qaratildi. Diaxroniya til faoliyati xususiyatlarini zamonda, jumladan, sinxroniyada bilishga imkon beruvchi vosita boʻlib, umuman til nazariyasining muhim qismidir.



TILSHUNOSLIK
QIYOSIY-TARIXIY TILSHUNOSLIK
YER
ALISHER NAVOIY
TARIX


Добавить комментарий