DIVERTIKUL

DIVERTIKUL (lot. diverticulum — yon yoʻl) — kovak (naysimon) aʼzolar devorining boʻrtib chiqishidan hosil boʻlgan xaltum, kovakli boʻrtma. Tugʻma yoki hayotda orttirilgan pulsion va trakiion, yaʼni meʼda-ichak sistemasi ichida bosim oshganda va ular devorini tashqi tomondan chandiqlar tortib turganda kuzatiladigan xillari farq qilinadi. Hazm aʼzolaridan qiziloʻngach, ichak, meʼda, shuningdek, qovuqsa koʻproq, boshqa aʼzolarda esa kam uchraydi. Tugʻma Divertikul embrional taraqqiyot nuqsonlariga bogʻliq (mas, ingichka ichak D. i). Kovak aʼzo devorining muskul va elastik toʻqimasi tuzuk rivojlanmaganda, jarohatlanishdan keyin yupqa tortganda, aʼzo boʻshligʻidagi bosim oshganda Divertikul paydo boʻladi. Divertikul ikki yoki undan ortiq boʻlsa, divertikulyoz deyiladi. Kovak aʼzo ichidagi massa (mas, qiziloʻngachda — ovqat, ichaqsa — axlat) Divertikuldan chiqib ketishi qiyin boʻlgani uchun ushlanib qolib, maʼlum chegarali yalliglanish jarayoni, yara paydo boʻlishi mumkin. Kichkina Divertikul hech sezilmaydi (simptomsiz oʻtadi). Divertikul katta boʻlsa, biror belgi koʻrinadi, mas, qiziloʻngach D. ida ovqat oʻtishi qiyinlashadi, ushlanib qolgan ovqat qusib tashlanadi, boʻyin doʻppayib turadi, qovuq D. ida siydik chiqarish qiyinlashadi va h. k. D. ning yalligʻlanishi — divertikulit, qonash, teshilish, yaraga, baʼzan rakka aylanish, shuningdek, ichak tutilishi kabi asoratlarga sabab boʻladi. Divertikul maxsus (endoskopik, rentgenolo-gik) usullar bilan tekshirib aniqlanadi. Divertikul yalligʻlanmagan boʻlsa, konservativ davo, asoratli shakllarida operatsiya qilinadi, Divertikullar koʻp boʻlsa, aʼzoning shu qismi kesib olib tashlanadi.


Lotin alifbosida maqola: DIVERTIKUL haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
OVQATLANISH
MEʼDA
OVQAT HAZM QILISH
ODAM


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты