DIVIDEND

DIVIDEND (lot. dividendum — taqsimlanadigan narsa) — aksiyadorlar jamiyati foydasidan aksiya egasiga xar yili beriladigan va uning daromadiga aylangan qismi. Dividend mikdori aksiyadorlar jamiyatining sof foydasi, aksiyalar soni va qiymatiga bogʻliq. Dividend har yili (soliqlar toʻlanib, i. ch. ni rivojlantirish uchun ajratmalar chiqarilib, zaxiralar toʻldirilgach, obligatsiyalar boʻyicha foizlar va direktorlarga beriladigan mukofot haqi toʻlangandan soʻng) aksiyadorlarning qoʻlidagi aksiya mikdori va turiga muvofiq taqsimlanadi. Taqsimlanadigan hissa Dividend massasi, aksiyalar nominali qiymatlariga koʻra foizlarda ifodalangan daromad esa Dividend stavkasi deb ataladi. Dividend mikdori oddiy aksiyalar boʻyicha jamiyatning oʻsha yilda koʻrgan foydasiga bogʻliq. Imtiyozli aksiyalarning nominal qiymatiga qatʼiy foiz stavkasi mikdorida oldindan belgilanadi. Eng yuqori Dividend olinganda baʼzan ularning bir qismi qoʻshimcha chiqarilgan bepul aksiyalar tarzida aksiyadorlarga toʻlanadi. Qoʻlida aksiyalarning asosiy hissasini toʻplagan aksiyadorlar va korporatsiyalar Dividendning eng koʻp qismini oladi.


Lotin alifbosida maqola: DIVIDEND haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AKSIYADORLAR JAMIYATI
YER
ISH HAQI
TOSHKENT
BANK FOIZ STAVKASI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты