DIVIZION

DIVIZION (frans. division — boʻlin-ma) — quruklikdagi qoʻshin birlash-malari va qismlari yoki harbiyden-giz flotining birlashma va qismlari tarkibidagi tashkiliy, maʼmuriy taktik boʻlinma. D. artilleriyada 2—3 batareya; otliq qoʻshinlarda oʻziyurar qurollarning 2—3 batareyasi; harbiy — dengiz flotida bir xil rusumdagi bir necha kema va katerlardan iborat. Divizion mustaqil yoki biror qism, birlashma tarkibida boʻlishi mumkin. OʻzR Qurolli kuchlari tarkibida ham artilleriya D. lari mavjud.


Lotin alifbosida maqola: DIVIZION haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARI
HARBIY SANʼAT
OTLIQ ASKARLAR
QUROLLI KUCHLAR
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты