DID

DID (estetikada) — hayot va sanʼatning barcha sohalarida insonning estetik hodisalarni farqlash, tushunish va baholash qobiliyati. Did uzoq ijtimoiytarixiy taraqqiyot, mehnatning turli sohalaridagi tajribalar natijasida vujudga keladi. Didda shaxs, guruh va xalqning olamga estetik munosabati tajribasi inʼikos etilib, uni har bir kishi turli yoʻllar bilan oʻzlashti-radi, oʻz individual estetik faoliyati bilan boyitadi. Did insonga xos fazilat. U yuksak yoki past, keng yoki tor, cheklangan yoki cheklanmagan, nozik yoki sayoz boʻlishi mumkin. Didning yuksak yoki pastligi biror narsa yoki hodisaga berilgan baho, bildirilgan munosabatda seziladi. Did insonning tabiat, jamiyat, hayot haqidagi tasavvurlari hamda kechinmalari darajasini bildiradi. Did — insonning tarixan shakllanib, oʻzgarib turuvchi maʼnaviy salohiyatlari koʻrinishidir. Muayyan ijtimoiy-tarixiy hodisalar, turli davrlar silsilasi Didning mazmuni va kurinishiga uz taʼsirini oʻtkazadi. Tabiat, jamiyat, sanʼat va insondagi goʻzallikni xunukliklik, noziklikni qoʻpollikdan, yaxshini yomondan ajrata bilish estetik Did xarakteri va darajasini koʻrsatadi. Estetik Did milliy va umuminsoniy xususiyatlarga ega. Milliy xususiyatlar tayin tarixiy sharoit va anʼanalar b-n, umuminsoniy xususiyatlar esa bashariyat maʼnaviy merosi bilan bogʻliq. His-tuygʻusiz, maʼnaviy kechinmasiz estetik Did amal qilmaydi. Estetik Did muhokamasida mavhum tafakkur emas, maʼnaviy tuygʻular, yorqin his-hayajonlar birinchi oʻrinda turadi. Estetik idrok jarayonida, yaʼni biror narsaning estetik qiy-matini belgilashda insonning akliy va hissiy salohiyatlari birgalikda qatnashsada, hissiy mushohada asosiy ahamiyat kasb etadi. Har kimning Didi har xil boʻladi. Shuning uchun Did yoʻnalishini har bir kishining goʻzallik haqidagi tushunchasi belgilaydi. Did insonning faqat muomala madaniyatinigina emas, jamiyatdagi muayyan maʼnaviy darajasini, kamolotini ham koʻrsatadi.

Did insonning kasbi, jinsi, yoshi, madaniyati bilan uzviy bogʻliq. Did sizlik — meʼyorni buzish, uni bilmaslik va unga amal qilmaslikdir. Qoʻpollik va bachkanalik Did sizlik alomatidir. In-son Didi tugʻma emas. U tarbiya orkali takomillashib va taraqqiy etib bo-radi. Yuksak va somom estetik Didga ega boʻlish kishining ham maʼnaviy, ham ruhiy boyligidan dalolat. Estetik Didi takomillashgan va tarbiya koʻrgan odamning madaniy saviyasi yuksak, axloqiy qiyofasi goʻzal, aqliy va hissiy kechinmalari chuqurrokdir. Insonning sanʼat asarlariga munosabati badiiy Didda namoyon boʻladi. Badiiy Did insonning adabiyot va sanʼat asarlarini tushunib yetish, baholay olish va ulardan zavqlana bilish salohiyatini koʻrsatadi. Didni shakllantirish va rivojlantirish — estetik tarbiyaning vazifasidir.

Ad.: Mahmudov T., Mustaqillik va maʼnaviyat, T., 2001.

Tilab Mahmudov.


Lotin alifbosida maqola: DID haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
XALQ IJODI
FOROBIY
FRANSIYA
ALISHER NAVOIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты