DIDAKTIK ADABIYOT

DIDAKTIK ADABIYOT — badiiy ifodalangan pand-nasihat tarzidagi adabiyot. Bunda axloqiytaʼlimiy, ilmiyfalsafiy, diniy bilimlar va gʻoyalar badiiy talqin qilinadi. Didaktik adabiyot ildizi xalq ogʻzaki ijodiga borib takaladi (mas, «Qobusnoma»). Gʻarb va Sharq xalqlari, jumladan, turkiy xalqlar adabiyotida Didaktik adabiyot uzok, tarixga ega. Didaktik adabiyotga doyr ilk namunalar Mahmud Koshgʻariyning «Devonu lugʻotit turk» asarida uchraydi. Oʻzbek mumtoz adabiyotidagi Didaktik adabiyotning dastlabki yirik namunalari Yusuf Xos Hojibning «Qutadgʻu bilig», Ahmad Yugnakiyning «Hibat ul-haqoyik» dostonlaridir. Bu asarlarda xalqning adolat, maʼrifat, axloq, odob haqidagi qarashlari, pand-nasihatlari sheʼriy shaklda bayon etilgan. Didaktik adabiyotdan ijtimoiy, falsafiy, ilmiy qarashlarni ommalashtirish vositasi sifatida ham foydalanganlar (mas, Ibn Sinonpnt tabobatga oid «Urjuza» sheʼriy asari). Didaktik adabiyotga xos boʻlgan xususiyatlardan Ahmad Yassaviy, Boqirgʻoniy Sulaymon, Soʻfi Olloyor, Huvaydo, Haziniy kabi tasavvuf namoyandalari ham samarali foydalanganlar.

20-a. oʻzbek adiblari Behbudiy, Ayniy, Avloniy va b. ijodida pandnasihatga alohida ahamiyat berilgan. Ularning asarlarida, maktablar uchun qoʻllanmalarida taʼlimtarbiyaga oid Didaktik adabiyot namunalari koʻplab uchraydi.


Lotin alifbosida maqola: DIDAKTIK ADABIYOT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



IBN SINO
DEVONU LUGʻOTIT-TURK
XALQ IJODI
ALISHER NAVOIY
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты