DIDRO

DIDRO (Diderot) Deni (1713.5.10, Langr — 1784.31.7, Parij) — fransuz faylasufi, yozuvchisi, maʼrifat-parvari. 1751—80 y. larda «Ensiklopediya yoki fan, sanʼat va kasb-hunarlarning izohli lugʻati» (1—35-jildlar)ning asoschisi va muharriri. Falsafiy va badiiy asarlar yaratdi. «Koʻrlar haqida koʻzi ochiqlarga oʻgitnoma» (1749), «Tabiatni tushuntirishga oid fikrlar» (1754), «DʻAlamber tushi» (1769), «Materiya va harakatning falsafiy prinsiplari» (1770) asarlarida maʼrifatli monarxiya tarafdori boʻlgani uchun absolyutizmni, xristian dini va cherkovini ayovsiz tanqid qildi, sensualizmga tayangan holda materialistik gʻoyalarni himoya etdi. Didro barcha mavjudotga materiyaning turli shakllari sifatida qaradi. Uning fikricha, materiya sifat jihatdan turlicha, unda oʻz-oʻzidan harakat, rivojlanish mavjud. Didroning adabiyotdagi roli realizm uchun kurashi bilan belgilanib («Fatalist Jak va uning xoʻjayini» romani, 1773; «Rohiba» qissasi, 1760), uning bu kurashi tasviriy sanʼat haqidagi («Salonlar», 1759—81) va teatr toʻgʻrisidagi («Aktyor toʻgʻrisida paradoks», 1773—78) tanqidiy asarlarida ham ifodalangan. Didro xalq taʼlimi toʻgʻrisidagi asarlarida ped. ning juda koʻp muammolarini (xalq taʼlimi tizimi, oʻqitish uslublari va h. k.) bayon etgan. U xalq taʼlimining davlat tizimi loyihasini tuzgan, yoppasiga bepul boshlangʻich taʼlim qoidalarini, taʼlim hamma tabaqa uchun bir xil boʻlishini himoya qilgan. Nochorlarning bolalariga davlat tomonidan moddiy yordam koʻrsatilishi zarur, deb hisoblagan. Fizika-mat, va tabiiy fanlar muhimligini uqtirgan. Yaxshi dareliklar tuzish, bu ishga yirik olimlarni jalb qilish haqida yozgan. Oʻrta maktablarda yiliga 4-marta ochiq imtihonlar oʻtkazish, oʻqituvchilikka tanlov eʼlon qilishni maqsadga muvofiq deb bilgan.


Lotin alifbosida maqola: DIDRO haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ? degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FRANSIYA
IBN SINO
ROSSIYA
ENSIKLOPEDIYA
XITOY


Добавить комментарий