DIYEN SINTEZI

DIYEN SINTEZI — qoʻshbogʻlari oralangan diyen uglevodorod (diyen) larning 1,4 uglerod atomiga toʻyinmagan birikmalar biriktirish reaksiyasi. Diyen sintezi natijasida boshlangʻich diyenning ik-kinchi va uchinchi uglerod atomlari oʻrtasida qoʻshbogʻ boʻlgan olti aʼzoli sikllar vujudga keladi. Diyen vazifasini geterotsiklik birikmalar, mas, furan bajarishi mumkin. Diyen sintezi 1928-y. da organik-kimyogarlar O. Dils va K. Alderlar tomonidan kashf etilgan. Diyen sintezi yordamida boshqa usullar bilan olinishi qiyin boʻlgan politsiklik birikmalar (mas, steroid lar, D vitamin), insektitsidlar va b. moddalar sintez qilinadi.


Lotin alifbosida maqola: DIYEN SINTEZI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ORGANIK KIMYO
YER
KIMYO
VITAMINLAR
GETEROTSIKLIK BIRIKMALAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты