DIYEN UGLEVODORODLAR

DIYEN UGLEVODORODLAR, diyenlar, diolefinlar — ikkita qoʻshbogʻli toʻyinmagan uglevodorodlar. D. u. molekulasidagi qoʻshbogʻlarning oʻzaro joylashuviga qarab uch xil boʻladi:

1) ayrim qoʻshbogʻl i D. u., mas, pentadiyen — 1,4; kimyoviy xossalari jihatdan olefinlarga oʻxshaydi;

2) zich (kumulyatsiyalangan) qoʻshbogʻli Diyen uglevodorodlar, allenlar sinfi shulardan iborat;

3) qoʻshbogʻlari oralangan (oddiy bogʻ vositali) Diyen uglevodorodlar D. u. etilen qatori uglevodorodlarining barcha xossalarini namoyon qiladi. Diyen uglevodorodlar olishning umumiy usullari: glikollar va toʻyinmagan spirtlar degidratatsiyasi, ikki atomli galoid birik-malardan galogen vodorodlar tortib olish reaksiyasi va b. D. u. poliamid tolalar, plastifikatorlar, lok, dori, sintetik kauchuk va b. i. ch. da asosiy xom ashyodir.


Lotin alifbosida maqola: DIYEN UGLEVODORODLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



SPIRTLAR
KAUCHUK
KIMYO
KIMYOVIY TOLALAR
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты