DIZAYN

DIZAYN (ing. design — loyiha, chizma, rasm) — narsalar muhitini estetik va funksional sifatlarini shakllantirish maqsadiga qaratilgan loyihalash faoliyati turlarini ifodalovchi termin. D. faoliyati tarkibiga keng isteʼmol buyumlari, mashina, dastgoh, kiyim, reklama va oʻrov materiallari, i. ch., jamoat va turar joy binolarini jihozlash, mebel va b. kiradi. Dizayn 20-a. boshlarida yuzaga kelib, 30-y. larda maxsus faoliyat turi sifatida Gʻarbiy Yevropa va AQSHda shakllandi. 80-y. 2-yarmidan Dizaynning faoliyat doirasi kengaydi. Dizaynerlar rassom sezgisi bilan birga ilmiy fanlar (mas, materialshunoslik, rangshunoslik va b.) ga tayanadi, i. ch. jarayoni va sharoitlari, sotsiologiya va b. bilimlarga ega bulishi lozim. Dizayn sohasidagi mutaxassislar maxsus oliy oʻquv yurtlaridatayyorlanadi. Jumladan, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida ham interyerlar va sanoat grafikasi, libos D. boʻyicha mutaxassislar tayyorlanadi.


Lotin alifbosida maqola: DIZAYN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



KIYIM
TOSHKENT
BEHZOD
ROSSIYA
OLIY OʻQUV YURTLARI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты