DIZEL

DIZEL (Diesel) Rudolf (1858.18.3, Parij — 1913.29.9, La-Mansh) — nemis ixtirochisi. Myunxendagi Oliy politexnika maktabini bitirgan (1878). Yonilgʻining siqilgan havoga purkalishidan alangalanadigan ichki yonuv dvigateli (dizel)ni yaratgan. Dizel oʻz dvigateli uchun 1892-y. da patent olgan. Bu bilan Dizel ideal Karno siklita yaqin boʻlgan siklda ishlaydigan ichki yonuv dvigatelini yaratish gʻoyasini ilgari surdi; bunda toza havoni 25 Mn/m2 (250 kgkuch/sm2)gacha siqib eng yuqori t-raga erishdi. Bir kadar takomillashtirilganidan keyin (1897) dvigatel arzon yonilgʻi (neft mahsuloti) b-n puxta ishlaydigan va transportda keng qullaniladigan boʻlib qoldi.


Lotin alifbosida maqola: DIZEL haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ICHKI YONUV DVIGATELI
FRANSIYA
GERMANIYA
YER
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты