DIZEL ELEKTR STANSIYASI

DIZEL ELEKTR STANSIYASI (DES) — dizel dvigateli bilan harakatlanuvchi, bir yoki bir necha elektr toki generatori bilan jihozlangan energetik qurilma. Muqim (statsionar) va Kuchma xillari boʻladi. Muqim DES ga PO, 120, 330, 440, 735 kVt va undan ortiq quvvatli toʻrt taktli (baʼzan, ikki taktli) dizel oʻrnatiladi. Oʻrtacha quvvatli muqim DES quvvati 750 kVt dan oshmaydi, katta DES esa 220 kVt gacha va undan ortiq quvvatli qilib quriladi. Kuchma yoritish tarmoqlarini elektr bilan taʼminlaydigan rezerv manba sifatida, transport (dizel-elektrovoz, dizelelektroxod va b.) da asosiy energetik qurilma sifatida qoʻllaniladi. Quvvati 10 kVt gacha bulgan DES bir ukli avtomobil tirkamasiga urnatib ishlatiladi. ishlaydi, yengil, tez ishga tushiriladi. DES elektr uzatish liniyalaridan uzoqdagi joylarni, shuningdek, bugʻ-kuch va suv-kuch qurilmalari qurib bulmaydigan hududlarni elektr toki bilan taʼminlashga muljallangan.


Lotin alifbosida maqola: DIZEL ELEKTR STANSIYASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AVTOMOBIL
AVIATSIYA DVIGATELI
AVTOMOBIL YOʻLI
BUYUK BRITANIYA
DVIGATEL


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты