DIZENTERIYA AMYOBASI

DIZENTERIYA AMYOBASI (Entamoeba histolytica) — amyobalar turkumiga mansub bir hujayrali parazit hayvon. Rus olimi F. A. Lesh 1875-y. kashf etgan. Koʻp hollarda amyoba sistasi odam yoʻgʻon ichagidagi axlatda koʻpayadi, lekin ichak epiteliysiga ziyon yetkazmaydi. Bunday hollarda odam dizenteriya b-n ogʻrimasdan amyoba sistasini tashuvchi hisoblanadi. Bu amyobaning ichak boʻshligʻida yashaydigan shakli boʻlib, uz. 20 mkm ga yetadi. Dizenteriya amyobasining soxta oyoklari boshqa amyobalarnikiga nisbatan ancha kalta va yoʻgʻon; yadrosi yumaloq; endoplazmasida yutilgan bir necha bakteriya boʻlishi mumkin. Ichak boʻshligʻida Dizenteriya amyobasi qobiqqa oʻralib, sharsimon sistaga aylanadi. Yetilgan sistaning yadrosi 4 ta; yetilmaganlarida 1—2 yoki 3 ta boʻladi. Sistalar axlat bilan tashqi muhitga chiqadi; u yerdan oziq-ovqat yoki qaynatilmagan suv bilan yana odam ichagiga oʻtadi, rivojlanib metatsista (8 ta yosh amyobali) holatini oʻtib, ichak boʻshligʻida yashaydigan shaklini hosil qiladi. Ayrim hollarda ichak boʻshligʻidan uning epiteliysi hujayralariga kirib koʻpayib, yara hosil qiladi (amyobiaz). D. a. ning toʻqimada yashaydigan bu shaklining kattaligi 25 mkm ga yetadi; uning sitoplazmasida hech qanday kiritmalar boʻlmaydi. Ichak yarasidan chiqadigan shilimshiq, yiring va qon axlat bilan aralashib ketadi. Bunday xrllarda ichak boʻshligʻidagi yaradan chiqqan amyobalar yiriklashib eritrotsitlarni yutadigan boʻlib qoladi, amyobaning eritrofag, yaʼni katta vegetativ shakli paydo boʻladi. Eritrofag axlat bilan tashqi muhitga chiqqanida 15—20 min. dan soʻng nobud boʻladi. Amyobiazning oʻtkir davri susayganda eritrofag kichrayib, ichak boʻshligʻida yashaydigan shaklga, soʻngra sistaga aylanadi. Sistali axlat kasallik yuqadigan manba hisoblanadi. Sistalar suvda va nam tuprokda bir oy va undan koʻproq tirik qoladi. Dizenteriya amyobasi bilan zararlangan odam ichagidan bir kecha-kunduzda tashqi muhitga 300 mln., baʼzi 600 mln. gacha sista chiqishi mumkin.


Lotin alifbosida maqola: DIZENTERIYA AMYOBASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



DIZENTERIYA
BIOLOGIYA
BAKTERIYALAR
AMYOBALAR
BERUNIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты