DIKKIT

DIKKIT — kaolinitning polimorf turiga mansub gil minerali. Kimyoviy formulasi Al4[Si4Ol0] (OH)S. Birinchi marta aniklagan amerikalik mineralog Dikka nomi bilan atalgan. Kristallari tiniq plastinkasimon. Rangsiz, oq, sargʻish va koʻkimtir. Qattiqligi 2,5—3,5; zichligi 2,6 g/sm3. Past t-rali gidrotermal mineral. Kvars, dolomit, seritsit, kaolinit, gidroslyuda, galluazit bilan birga uchraydi. Oʻzbekistonda Chatqol-Qurama togʻlarida (Oqtosh, Oqsoqota, Qoronkoʻl, Gushsoy va b.) ikkilamchi kvarsitlarda Dikkitning toʻplamlari aniklangan. Qozogʻiston (Qoracheku va Qoʻngʻirot, Kavkaz (shim.-gʻarbidagi simob konlarda), Ukraina (Nikitovka)da bor. Oqsoqota konida kvars, barit, diaspor, pirofillit, muskovit, gematit, simob, oltin va b. bilan birga Dikkitning choʻziq kristali uchraydi.



DIASPOR
BUYUK BRITANIYA
BARIT
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
AGALMATOLIT


Добавить комментарий