DIKTANT

DIKTANT (lot. dicto — aytib turib yozdiraman) — oʻquvchilarga imlo va tinish belgilariga doyr qoidalarni oʻrgatishda hamda bu qoidalar yuzasidan hosil qilingan malakani tekshirishda qoʻllaniladigan yozma ish. Taʼlimiy va nazorat turlari bor. Taʼlimiy Diktant qanday oʻtkazilishiga qarab ogohlantiriladigan, izohli va tushuntiriladigan Diktant larga boʻlinadi. Ogohlantiriladigan Diktantda imlo va tinish belgilari matn yozishdan oldin, izohli Diktantda matnni yozish jarayonida, tushuntiriladigan Diktantda notanish soʻzlar matnni oʻquvchilar yozib boʻlganiga qadar, imloviy belgilar esa matn yozib boʻlingach tushuntiriladi. Taʼlimiy Diktantning tanlab olinadigan, ijodiy, erkin va oʻz-oʻziga Diktant turlari bor. Nazorat D. oʻquvchilar bilimini tekshirishga xizmat qilib, katta taʼlimiy ahamiyatga ega, chunki bunda oʻquvchilar mavjud bilim va koʻnikmalarini ishga soladilar. Nazorat D. da oʻquvchilarning savodxonliklari ham baholanadi.


Lotin alifbosida maqola: DIKTANT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ALISHER NAVOIY
BERUNIY
AMIR TEMUR
DIDAKTIKA
BOBIL-OSSURIYA MADANIYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты