DIKTATOR

DIKTATOR (lot. dictator — buyuraman) — 1) Qad. Rimda yuqori lavozimdagi shaxs. Urushda va mamlakat ichida davlat uchun katta xavf tugʻilgan, juda mushkul favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan paytlarda tayinlangan. Diktator ayni bir vaqtda oliy fuqarolik, harbiy va sud hokimiyatiga ega boʻlgan. Qonun chiqaruvchi hokimiyat ham Diktatorning qoʻlida boʻlgan, u oʻziga qarshi qaratilgan har qanday, hatto qonuniy xatti-harakatlardan ham qoʻrqmagan. Diktatorlik lavozimiga avval faqat patritsiylar, mil. av. 356-y. dan esa plebeylar ham qoʻyilgan. Mil. av. 1-a. da muddatsiz diktatura ham boʻlgan (maye. Sulla, Sezar va b. ning diktaturasi); 2) cheklanmagan hokimi-yatga ega boʻlgan yakka hukmron shaxs, hokimi mutlaq;

3) koʻchma maʼnoda — oʻz xohish-irodasini boshqalarga majburan qabul qildiruvchi shaxs.


Lotin alifbosida maqola: DIKTATOR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



DAVLAT
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
AMIR TEMUR
ALISHER NAVOIY
BOBIL-OSSURIYA MADANIYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты