DIKTOR

DIKTOR (lot. dictor — soʻzlovchi) — radio va televideniye da mikrofon oldida, telekamera qarshisida tayyor matnni oʻquvchi shaxs. D. xushovoz boʻlishi, diksiyasi kuchli va til nor-malarini puxta bilishi zarur. Diktor likka nutqi, ovozi, qobiliyatiga qarab tanlov yoʻli bilan qabul qilinadi. Oʻzbekistonda Diktorlik kasb sifatida 1924-y. ajralib chikdi va rivoj topa boshladi. Diktorlik sanʼatining takomillashuvi va tajribaning oshib borishi natijasida Diktor ijrosining xarakteri (ogʻzaki nutqqa yaqinlashuv, gapirishda katta erkinlik, dadillik va b.) ham oʻzgara bordi. Mustaqillikdan soʻng Oʻzbekistonda Diktorlik sanʼati alohida tus oldi. Diktor larning matnga qaramay erkin, shu bilan birga juda chiroyli va ravon tilda gapirishi koʻzga tashlanadi. Hozirda turli mavzudagi eshittirishlarni Diktorlar b-n bir qatorda jurnalistlar va b. kasb egalari ham juda qiziqarli va har biri oʻziga xos tarzda olib bormoqdalar. Mirqodir Maqsumov, Tuygʻunoy Yunusxoʻjayeva, Oʻktam Jobirov, Nasiba Ibrohimova, Nasiba Qambarova, Galina Melnikova, Rahmatilla Mirzayev, Bahri Soatqulova, Raʼno Joʻrayeva, Qodir Tojiyev, Mirzohid Rahimov kabi Diktorlar tanilgan.

Kinoda — film matnini oʻqib, voqeani sharxlovchi kishi. Odatda, ekranda koʻrinmaydi, faqat nutqi kinotasmaga yozib olinadi. Koʻpincha muallif matni Diktorga ishonib topshiriladi. Baʼzan kinooperator, rej., ssenariy muallifining oʻzi ham Diktorlik qiladi («Tojixon bilan uchrashuvlar», «Toshkentda bir qiz yashaydi» filmlari va b.). O. Xoʻjayev, R. Hamroyev, S. Saidov, A. Rafiqov kabi aktyorlarning kinodagi Diktorlik faoliyati alohida ahamiyatga molikdir.

Mohina Ashirova.


Lotin alifbosida maqola: DIKTOR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Bojalar guruhi, Shukrullo Isroilov - Nasiba-Halima
Bojalar guruhi - Nasiba
ALISHER NAVOIY
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
BELORUSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты