DILATOMETR

DILATOMETR (lot. dilato — kengaytiraman va…metr) — issiqlik, bosim, elektr va magnit maydoni, ion-lovchi nurlanish va h. k. taʼsirida jism oʻlchamlarining oʻzgarishini oʻlchaydigan asbob. Jism oʻlchamlarining mutlaq oʻzgarishiga sezgirligi Dilatometrning asosiy koʻrsatkichi hisoblanadi. Dilatometrning optikmexanik, sigʻimli, induksion, rentgen, radiorezonans va b. xillari mavjud. Optik-mexanik Dilatometr yorugʻlik nuri yordamida jism oʻlchamining oʻzgarishini oʻlchaydi. Sigʻimli Dilatometrda jism oʻlchami oʻzgarishi b-n kondensator sigʻimi oʻzgaradi. Barcha Dilatometrlar oldindan kalibrlangan boʻladi. Dilatometr bilan suyuq yoki gazsimon moddalarning hajmiy oʻzgarishi ham aniqlanadi. Dilatometr kimyo sanoatida, texnika, fizika va b. da koʻp ishlatiladi.


Lotin alifbosida maqola: DILATOMETR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ASTROFIZIKA
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
BUYUK BRITANIYA
DEFEKTOSKOPIYA
BOSIM


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты