DILNOZ

DILNOZ — ertapishar tarvuz navi. Oʻzbekistan sabzavot-poliz ekinlari va kartoshkachilik i. t. in-tida Dnepropetrovskiy, Mramorniy va Ogonyok navlarini duragaylash yoʻli bilan chiqarilgan (R. Hakimov, S. Qoʻchqorov, 1990). Dilnoz oʻrtacha palaklanadi, asosiy palagi uzun. Bargi oʻrtacha, ingichka, kulrang-yashil, barg asosida uyma barglari bir-biriga tegib turadi. Tarvuzi dumaloq, deyarli qora, toʻrsiz, ingichka, uzun koʻrinmaydigan taramlari bor. Ogʻirligi 3,5—4 kg. Pusti qalinligi oʻrtacha, qattiq. Eti yorqin qizil, mayin, shirador. Mevasi tarkibida umumiy qand mikdori 7,6%, S vitamini 7,3 mg% ga boradi. Urugʻi mayda, 1000 ta urugʻining ogʻirligi 50—55 g. Urugʻi unib chiqqanidan keyin mevasi 85 — 90 kunda pishadi. Hosildorligi 300 s/ga dan yuqori. 1994-y. dan Oʻzbekistonning barcha viloyatlarida ekiladi (q. Tarvuz).


Lotin alifbosida maqola: DILNOZ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ? degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TOSHKENT
TARVUZ
QOVUN
Tushda tarvuz ko`rsangiz nimani bildiradi.


Добавить комментарий